Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Balakleya ukrainalik millatchilardan ozod qilindi – Rossiya Mudofaa vazirligi

© Sputnik / Viktor AntonyukSotrudnik narodnoy militsii DNR
Sotrudnik narodnoy militsii DNR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli yana qator aholi punktlarini o‘z nazoratlariga olishdi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Xarkov viloyatidagi Balakleya shahri ukrainalik millatchilardan ozod qilindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari harbiy operatsiyani muvaffaqiyatli davom ettirib, Chistopolye, Novopoltavku, Jovtnevoe aholi punktlarini o‘z nazoratlariga olishgan.
“Balakleya shahri millatchilar batalonlaridan ozod qilindi”, - dedi Konashenkov.
Balakleya — Ukrainaning Xarkov viloyati janubidagi shahar. Xarkovdan 84 kilometr uzoqlikda joylashgan. Shahar aholisi 30 mingga yaqin kishini tashkil etadi.
Rossiya Xarkov viloyatidagi Ukraina aholisiga gumanitar yordam yetkazib berdi

Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR rahbarlarining ular suverenitetini tan olishni so‘rab qilgan murojaatlariga javoban tegishli farmonlarga imzo chekdi. 24-fevral kuni esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Ushbu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmani yo‘q qilish va uni millatchilardan tozalash.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina hududidagi harbiy obyektlarni yo‘q qilmoqda, shaharlariga, tinch aholiga zarba berilgani yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0