Markaziy bank jo‘natmalarini rublda qabul qilishni tavsiya bermoqda

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti
Denejnie kupuri i moneti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyada valyuta almashtirish operatsiyasi uchun yuqori komissiya joriy etilishi munosabati bilan, Markaziy bank jo‘natmalarni rublda qabul qilishni va valyuta almashtirish operatsiyasini O‘zbekistonda amalga oshirishni tavsiya etmoqda.
TOShKENT, 3 mar - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki valyuta almashtirish jarayonida yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Ma’lumot uchun, bugun 3-martdan boshlab, Rossiya Markaziy banki jismoniy shaxslarning valyuta almashtirish operatsiyalariga 30% komissiya joriy etdi. Ushbu amaliyot valyuta-bozorida olib-sotarlikni va valyuta kurslariga spekulyativ operatsiyalar ta’sirini kamaytirish maqsadida amalga oshirilgan.
Rossiyadagi ushbu yangi qonun tufayli O‘zbekiston fuqarolari pul jo‘natmalari amalga oshirish vaqtida (valyuta almashtirish jarayonida) yo‘qotishlarga duch kelmoqda.
O‘zbekiston Markaziy banki, ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda, Rossiyadan jo‘natmalarni rublda jo‘natish va valyuta almashtirish operatsiyasini O‘zbekistonda amalga oshirishni tavsiya qilmoqda.
Xususan, barcha tijorat banklariga quyidagilar tavsiya etilgan:
Rossiya rublidagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha ayirboshlash operatsiyalarini uzluksiz amalga oshirish hamda valyuta kursini belgilashda sotib olish va sotish kurslari o‘rtasidagi farqni maqbul darajada saqlab turish;
banklarning valyuta xavf-xatarlarini minimallashtirish maqsadida rossiya rublini sotish va sotib olish kurslarini joriy xalqaro kotirovkalarga asosan kun davomida o‘zgartirib borish.
Bu Rossiya Federatsiyasidagi O‘zbekiston fuqarolariga pul mablag‘larini rossiya rublida yuborish va respublika hududida ushbu mablag‘larni ixtiyoriy valyutada qabul qilib olish imkonini beradi.
Avvalroq Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi ko‘plab tizimlar yo‘lga qo‘yilgani va ba’zi tizimlarda uzilishlar vujudga kelganda ularning boshqa muqobilidan foydalanish imkoniyati mavjudligi haqda xabar berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0