Mirziyoyev Islomobod aeroportida qanday kutib olindi – foto
Mirziyoyev Islomobod aeroportida qanday kutib olindi – foto
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Pokistonga yetib bordi. Islomobod shahridagi aeroportda Oʻzbekiston yetakchisini Pokiston bosh vaziri Imron Xon kutib oldi.
TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Pokistonga yetib bordi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.Islomobod shahridagi aeroportda Oʻzbekiston yetakchisini Pokiston bosh vaziri Imron Xon kutib oldi.Oliy darajadagi muzokaralar bugunning oʻzida boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston bilan Pokiston oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, transport, logistika, infratuzilma va turizm sohalarida amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.Bundan tashqari, xalqaro va mintaqaviy jarayonlar yuzasidan fikr almashiladi.Muzokaralar natijasi boʻyicha qoʻshma deklaratsiya va qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.Mirziyoyev tashrifning ikkinchi kuni Pokiston prezidenti Orif Alviy, yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan ham uchrashadi.
Islomobod shahridagi aeroportda Oʻzbekiston yetakchisini Pokiston bosh vaziri Imron Xon kutib oldi.
TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Pokistonga yetib bordi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Islomobod shahridagi aeroportda Oʻzbekiston yetakchisini Pokiston bosh vaziri Imron Xon kutib oldi.
Oliy darajadagi muzokaralar bugunning oʻzida boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston bilan Pokiston oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, transport, logistika, infratuzilma va turizm sohalarida amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Bundan tashqari, xalqaro va mintaqaviy jarayonlar yuzasidan fikr almashiladi.
Muzokaralar natijasi boʻyicha qoʻshma deklaratsiya va qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Mirziyoyev tashrifning ikkinchi kuni Pokiston prezidenti Orif Alviy, yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan ham uchrashadi.