Jamiyat

Mirziyoyev Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari Yoshlar kengashini tashkil etishni taklif qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMejdunarodnaya konferentsiya vыsokogo urovnya "Regionalnoye sotrudnichestvo stran Tsentralnoy Azii v ramkax Sovmestnogo plana deystviy po realizatsii Globalnoy kontrterroristicheskoy strategii OON" v Tashkente
Mejdunarodnaya konferentsiya vыsokogo urovnya 
Regionalnoye sotrudnichestvo stran Tsentralnoy Azii v ramkax Sovmestnogo plana deystviy po realizatsii Globalnoy kontrterroristicheskoy strategii OON v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mirziyoyev Samarqandda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Yoshlar kengashini tashkil etishni taklif qildi.
TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Yoshlar kengashini tashkil etishni taklif qildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Bu haqda prezident BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirishda mintaqa davlatlarining hamkorlik masalalarini muhokama qilishga bagʻishlangan xalqaro konferentsiya ishtirokchilariga murojaatida aytib oʻtdi.
Bugun Toshkentda ekspertlar yigʻildi.
Anjuman qatnashchilariga prezident murojaatida aytilishicha, yoshlarga oid samarali siyosat – terrorizm va ekstremizmga qarshi muvaffaqiyatli kurashishning eng muhim shartidir.
Mamlakatlarning kelajagi yosh avlod qanday ulgʻayishiga, qanday taʼlim va tarbiya olishiga, ular uchun qanday “ijtimoiy liftlar” yaratilishiga bogʻliq, deb hisoblaydi Mirziyoyev.
Bu masalalarni har tomonlama muhokama qilish uchun 2023 yilda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari doimiy faoliyat yurituvchi yoshlar kengashini Samarqand shahrida chaqirishni taklif qildi.
Yangiliklar lentasi
0