Iqtisod

Pokiston bilan deyarli 800 million dollarlik shartnomalar imzolandi

© MIVT UzbekistanaVizit delegatsii MIVT Uzbekistana v Pakistan
Vizit delegatsii MIVT Uzbekistana v Pakistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida 2021 yilda tovar ayirboshlash hajmi 50 %ga oshdi. Yil boshidan buyon esa 70 % oʻsish kuzatilmoqda.
TOSHKENT, 3 mar - Sputnik. Pokiston poytaxtida 2 mart kuni Oʻzbekiston - Pokiston biznes-forumi boʻlib oʻtdi. Unda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 150ka yaqin vakillari ishtirok etdi, deb xabar qildi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.
Forum doirasida “G2B” va “B2B” shaklida boʻlib oʻtgan muzokaralar boʻlib oʻtdi. Muzokaralar yakunida umumiy qiymati 797 million dollar boʻlgan savdo shartnomalari hamda qoʻshma loyihalar boʻyicha bitimlar imzolandi, - deyilgan xabarda.
Oʻzbekiston - Pokiston biznes-forumida ikki mamlakatning vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari, yirik kompaniyalar va savdo-sanoat palatalari rahbarlari ishtirok etishdi.
© MIVT UzbekistanaVizit delegatsii MIVT Uzbekistana v Pakistan
Vizit delegatsii MIVT Uzbekistana v Pakistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2022
Vizit delegatsii MIVT Uzbekistana v Pakistan
Shuningdek, Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov boshchiligidagi delegatsiyaning Islomobod shahriga tashrif doirasida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Ikki mamlakat yaqin kelajakda Oʻzbekiston-Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazadi;
Oʻzbekiston va Pokiston 2022 yilga moʻljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturini birgalikda ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan Pokiston Savdo vazirligi oʻrtasida qoʻshma loyiha ofisi tashkil etiladi;
Oʻzbekiston va Pokistonda muntazam ravishda sanoat tarmoq koʻrgazmalarini oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Maʼlumot oʻrnida, 2021 yilda Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 50 %ga oshdi. Yil boshidan buyon esa 70 % oʻsish kuzatilmoqda.
Eslatib tamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-4 mart kunlari davlat tashrifi bilan Pokistonga boradi. Boʻlajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibida Oʻzbekiston-Pokiston strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqiladi.
© MIVT UzbekistanaVizit delegatsii MIVT Uzbekistana v Pakistan
Vizit delegatsii MIVT Uzbekistana v Pakistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2022
Vizit delegatsii MIVT Uzbekistana v Pakistan
Yangiliklar lentasi
0