Kolumnistlar

Qoʻshma Shtatlar Rossiya atomi bilan tinchlik shartnomasi imzoladi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishUchastok izgotovleniya poroshka dioksida urana metodom pirogidroliza
Uchastok izgotovleniya poroshka dioksida urana metodom pirogidroliza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya yoqilgʻisi boʻlmasa nafaqat Yevropada, balkim AQShda ham har besh oiladan birining uyi chiroqsiz qoladi. Sanktsiyalar bu siyosat emas - iqtisod.
Gʻarb axborot agentliklariga koʻra, tarkibiga Duke Energy va Exelon kompaniyalari kiruvchi Milliy Energetika Instituti (NEI) Oq uyga Rossiyadan yadroviy yoqilgʻi yetkazib berishga taqiq qoʻymaslikni rasman soʻrashgan.
Chet ellik yadro sohasi olimlari sanoat va hamkorlik zanjirlarini qamrab oluvchi sanktsiyalar toʻlqinidan juda xavotirga tushgan. Qayd etilishicha, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi qurolli mojaroga qaramay, Rossiyaning uran va boyitilgan atom yoqilgʻisi juda jozibador bozor narxiga ega, bu esa oʻz navbatida aholisi aholi va sanoat uchun elektr energiyasi narxini oshirmaslik imkonini beradi. Tabiiyki gap Amerika aholisi haqida ketmoqda.
Mahalliy energetiklarga hurmat bajo keltirgan holda, bularning barchasi haqiqat ekanini tasdiqlaymix va Gʻarb OAVlari xabar bermagan yana bir qancha faktlarni qoʻshamiz.
Qoʻshma Shtatlar atom elektr stantsiyalari soni boʻyicha - dunyoda soʻzsiz yetakchi hisoblanadi. Hozirgi kunda u yerda umumiy quvvati 96,5 gigavatt boʻlgan 88 ta reaktor ishlamoqda. Bu ulkan raqam, ammo atom energetika sohasi hozirgi kunda eng yaxshi vaqtlarni boshdan kechirmayapti.
Amerika atom reaktorlar parki eng koʻp sonli, lekin ayni paytda eng eskirgan AES lardan iborat. AQShda AES qurish bumi oʻtgan asrning 60-70 yillarida sodir boʻlgan. Oʻsha vaqtlarda 60 ta reaktor yaratilgan va elektr tarmoqlariga ulangan. Bu jami AESlarning, uchdan ikki qismi.
Oʻz vaqtida ushbu AESlar AQSH maishiy sohasi va sanoat ehtiyojlari uchun ulkan miqdorda elektr energiyasi bilan taʼminlani jadal surʼatlar bilan koʻpaytirish imkonini berdi va shu bilan bir vaqtda atom va boshqa chatish sohalarda koʻplab ish oʻrinlarini yaratdi. Ammo vaqt hamma narsani yemirishi muqarrar va Amerikaning soʻnggi gʻururi ham asta sekin, sezilmas tarzda "nafaqaga chiqmoqda". Ikki yil oldin amerikaliklar 94 ta reaktorga ega edilar. Oʻtgan vaqt ichida ulardan oltitasi munosib "dam olishga" chiqqan.
AESlar eskirishi ishlab chiqarish majburiyatini bekor qilmaydi, shuning uchun amerikalik energetiklar ishlab chiqarish hajmini doimiy ravishda oshirib, uni hozirgi darajaga olib kelishdi. Umumiy quvvati 96 gigavattdan ortiq boʻlgan soha har yili 790 gigavatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi, bu esa davlat energiya balansining roppa-rosa 20%ini tashkil qiladi.
Jarayonning juda muhim tafsilot shundaki, Qoʻshma Shtatlarda atom energetikasi ulushi soʻnggi oʻn yilliklar davomida deyarli oʻzgarmagan. Agar energiya bloklari soni doimiy ravishda kamayib borayotgan boʻlsa, ishlab chiqarish foiz ulushini saqlab, oʻsib borayotgan boʻlsa, bu oʻrtacha yoshi 40 yoshdan oshgan ishlab chiqarish infratuzilmasiga doimiy ravishda oshib borayotgan yukdan dalolat beradi.
Jarayonlarning mohiyatini tushunish uchun biz analogiyadan foydalanamiz. Tasavvur qiling, sizda choynak bor. Oldin unda otangiz kuniga 3 marotaba choy damlash uchun suv qaynatgan. Endi boʻlsa siz undan uzuluksiz suv qaynatish uchun tunu-kun foydalanmoqdasiz. Choynak tunu-kun yoqilgan, u oʻz jismoniy imkoniyatlari chegarasida ishlamoqda.
Shu bilan birga, asosiy vazifani bajarish - suv isitish uchun uchun choynak ham, atom energetika bloki ham yoqilgʻiga muhtoj. Gap, albatta, boyitilgan uran haqida ketmoqda.
Yadroviy ambitsiyalarga ega boʻlgan dunyoning etakchi davlatlari har doim mantiqiy ravishda oʻz energiyasini taʼminlashga harakat qilgan - Qoʻshma Shtatlar ham bundan mustasno emas edi. 1960 yillarning boshlarida Vashington besh foizgacha boyitilgan uran-235 izotopini qayta ishlovchi uchta zavod qurilishini moliyalashtirdi. Bular Tennessi shtatidagi Oak Ridj, Kentukkidagi Paduka va Ogayo shtatidagi Portsmut edi. Ushbu zavodlar radioaktiv metall oksidi bilan taʼminlangan, boyitilgandan soʻng u uran geksaftoridiga, yaʼni oxirgi yoqilgʻiga aylandi, ularsiz energiya bloki qaʼrida boʻlinish reaktsiyasi amalga oshishi mumkin emas.
Uchta zavod ham taxminan 30 yil davomida sodiq ishladi va 1992 yilda birgalikda yopildi. Ayni paytda shtatlar shartli ravishda bitta shunday korxonaga ega. Shartli ravishda, chunki Nyu-Meksiko shtatidagi Yunis shahridagi zavod Britaniyaning Urenco xususiy kompaniyasiga tegishli. Uran gaz tsentrifugalari yordamida boyitiladi, ammo 4,9 million ajratish birliklari (SVU) ishlab chiqarish quvvati Amerika atom elektr stantsiyalari ehtiyojlarining atigi besh foizini qoplaydi. Urenso Germaniyada xuddi shunday korxonaga ega va u ham Westinghouse korporatsiyasi foydasiga ishlaydi, ammo u deyarli toʻqson reaktorni jismoniy jihatdan yonilgʻi bilan taʼminlay olmaydi.
Shuning uchun ham amerikaliklar uzoq vaqtdan beri oʻzlariga kerak boʻlgan hamma narsani chet eldan sotib olishadi.
Tijorat uranining yarmi Qozogʻiston, Rossiya va Oʻzbekistonga toʻgʻri keladi. Bu yerda Rossiya asosiy rol oʻynaydi, chunki u nafaqat qazilma boyliklarga, balki uranni boyitish imkoniyatiga ham ega. Ha, toʻgʻri, 1993 yilning fevralida Moskva va Vashington oʻrtasida 500 tonna yuqori boyitilgan uran sotib olish toʻgʻrisida shartnoma imzolangan edi. Ushbu hamkorlik shartnomasi 2013 yilga qadar davom etdi. Qrim voqealaridan soʻng Vashington namoyishkorona ravishda shartnomadan chiqdi, lekin aslida bu saylovchilar oldida uyushtirilgan shunchaki koʻzboʻyamachilik edi.
Rasman AQSH Rossiyadan hech narsa sotib olmayotgan boʻlsa-da, amerikaliklar Qozogʻiston va Oʻzbekistondan uran rudasi sotib olishar, u esa Rossiyaning "TVEL" kompaniyasi tomonidan boyitilib Urenco zavodiga yetkazib beriladi. Yaʼni, rasman hatto boyitilganidan keyin ham uran Qozogʻiston mahsuloti hisoblanadi. Ana shunday yuridik va geosiyosiy "fokus".
Bizning ehtiyotkorona prognozimizga koʻra, AQSH oʻz energetiklari iltimosiga binoan Rossiya uraniga nisbatan sanktsiyalar kiritmaydi, xuddi neft sohasiga boʻlgani kabi. Oʻz ittfoqchilariga esa AQSH buni "shunchaki narxlar oshib ketmasligi uchun" deb tushuntirishadi.
Xulosa qilib aytganda Rossiya yoqilgʻisi boʻlmasa nafaqat Yevropada, balkim AQShda ham har besh oiladan birining uyi chiroqsiz qoladi.
Yangiliklar lentasi
0