Rossiya pul jo‘natmalari tizimida uzilish bo‘ladimi – ekspert fikri

© Sputnik / Vladimir TrefilovDenejnie kupuri
Denejnie kupuri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2022
Obuna bo‘lish
AQSh va G‘arb sanksiyalari sharoitida Rossiya va O‘zbekiston orasida pul o‘tkazmalari tizimi qanday ishlashi haqida RISI mutaxassisi fikri bilan maqolamizda tanishing.
TOShKENT, 3 mar - Sputnik. Rossiya Strategik izlanishlar instituti (RISI) mutaxassisi Sergey Galiyev yaqin kelajakda Rossiya va O‘zebkiston orasida pul o‘tkazmalari tizimi qanday ishlashi borasida izoh berdi.
Mana bir necha kundan beri O‘zbekiston banklari Rossiyadan pul o‘tkazmalarni olishda turli texnik muammolarga duch kelmoqda. Bu haqida xususan “Ipak yo‘li”, Apelsin va boshqa tijorat banklari ma’lum qilgan edi.
Galiyev aytishiga ko‘ra, Rossiyaning ayrim banklari SWIFT tizimida o‘chirishlardan so‘ng pul o‘tkazmalari bilan muammolar o‘rtacha bir oy davomida kuzatilishi mumkin.
“Yangi, muqobil tizimga o‘tish, ichki va tashqi hujjatlar aylanmasining yangi tartibini o‘rnatish biroz vaqt talab qiladi”, - deydi Galiyev.
Shu bilan birga mutaxassis G‘arb sanksiyalari Rossiya milliy moliya tizimining rivojlanishiga va dollarning ta’siri kamayishiga olib kelishiga ishonadi.
“G‘arbning iqtisodiy sanksiyalari - muqobil xalqaro moliya tizimilarining rivojlanishiga olib keladi. Yangi tizimlar esa o‘zaro hisob-kitobda dollar o‘rniga milliy valyutalardan foydalanish uchun xizmat qiladi”, - deydi Galiyev.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin O‘zbekiston Markaziy banki matbuot-kotibi Akmal Nazarov Sputnik muxbiriga Rossiya va O‘zbekiston orasida pul o‘tkazmalar tizimini diqqat bilan kuzatib borayotganini va kerak bo‘lganda harakatlarni muvofiqlashtirayotganini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevral kuni Ukrainani demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiya boshlaganini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng AQSh va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalar qo‘llay boshladi. Jumladan bir necha banklarni xalqaro to‘lov tizimlaridan uzilishi haqida e’lon qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0