Siyosat

Sportni rivojlantirish vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Abdullo Aslonov, Shahrillo Mahmudov va Murod Ismoilov sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosarlari lavozimiga tayinlandi.
TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti qaroriga muvofiq sportni rivojlantirish vaziriga uch nafar yangi oʻrinbosar tayinlandi.
Abdullo Aslonov, Shahrillo Mahmudov va Murod Ismoilov sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosarlari lavozimiga tayinlandi. Aslonov va Mahmudov bir necha kun oldin tugatilgan Turizm va sport vazirligi rahbarining oʻrinbosarlari boʻlib ishlab kelishayotgan edi.
Prezidentning 21 fevraldagi farmoni bilan Turizm va sport vazirligi negizida Turizm va madaniy meros vazirligi va Sportni rivojlantirish vazirligi tashkil qilingan edi.
Aziz Abduhakimov bosh vazir oʻrinbosari – turizm va madaniy meros vaziri, Adham Ikromov esa sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlangan.
Yangiliklar lentasi
0