Siyosat

“Asr loyihasi” tomon yana bir qadam qoʻyildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Shavkat Mirziyoyeva i Imrana Xana v Islamabade
Vstrecha Shavkat Mirziyoyeva i Imrana Xana v Islamabade - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston va Pokiston rahbarlari savdo-sotiq, temir yoʻl, madaniy va gumanitar hamda Afgʻonistonga yordam berish sohalarida hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
TOSHKENT, 4 mar - Sputnik. Oʻzbekiston va Pokiston strategik sheriklikni rivojlantirish toʻgʻrisida bitim imzoladi. Bu haqida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Imron Xon ishtirokida boʻlib oʻtgan brifingda eʼlon qilindi.
Aytish joizki, Oʻzbekiston va Pokiston rahbarlarining uchrashuvi ikki davlat orasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi arafasida hamda Pokiston kuni bayrami arafasida boʻlib oʻtmoqda. Shavkat Mirziyoyev Pokiston xalqini ushbu bayram bilan tabriklashni unutmadi.

Mintaqalararo koʻprik

Brifingda qayd etilishiga koʻra, Oʻzbekiston prezidenti tashrifi doirasida imzolangan "Strategik sheriklikni rivojlantirish boʻyicha kelgusi qadamlar toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiya"sida mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha boʻlajak saʼy-harakatlarimiz belgilab olingan.
‑ Biz Pokiston bilan birgalikda nafaqat ikki mamlakat, balki strategik jihatdan muhim boʻlgan Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari oʻrtasidagi mustahkam hamkorlik koʻprigini bunyod etayapmiz, ‑ dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningde, Oʻzbekiston va Pokiston Markaziy va Janubiy Osiyoning oʻzaro bogʻliqligini mustahkamlashga qaratilgan yirik qoʻshma transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishga kelishib oldilar.
Pokiston hududi orqali xalqaro dengiz portlariga chiquvchi “Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” strategik temir yoʻlini qurish ishlarini yaqin muddatlarda boshlash muhimligi alohida taʼkidlandi.
‑ “Asr loyihasi” deb atalayotgan “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul - Peshovar” temir yoʻli nafaqat mamlakatlarimiz, balki keng mintaqalarimiz xalqlari umumiy ravnaqiga hissa qoʻshadi, deb ishonamiz, – deb taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.
Hududlararo hamkorlikda ulkan salohiyat mavjudligi taʼkidlandi. Bu borada Namangan viloyati va Panjob provintsiyasi muvaffaqiyatli namuna koʻrsatmoqda. Boshqa hududlar oʻrtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Savdo-sotiq hajmi oshadi

Anjumanda qayd etilishicha, oʻtgan yilda ikki tomonlama savdo hajmi 50 %ga oʻsgan. Tovar ayirboshlashni yaqin yillarda 500 million dollarga, uzoq muddatli istiqbolda esa 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.
Tashrif doirasida "Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi" bitimning imzolangani muhim qadam boʻldi.
Shuningdek, Farmatsevtika, toʻqimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, qurilish, bank-moliya va boshqa asosiy yoʻnalishlarda kooperatsiyani kengaytirish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi.
Tashrif arafasida oʻtkazilgan ishbilarmonlik tadbirlari natijasida umumiy qiymati 800 million dollarlik 60 ta yangi investitsiya va savdo kelishuvlari imzolandi.

Gumanitar hamkorlik

Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida xavfsizlik, harbiy-texnik sohalarida, terrorizm, ekstremizm va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi hamkorlik samarali rivojlanmoqda.
Mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasida birgalikda ishlash mexanizmlari yoʻlga qoʻyilgan. Ikki davlat xalqaro tashkilotlar doirasida ham bir-birini qoʻllab-quvvatlashni davom ettirishga kelishib oldilar.
Oʻzbekiston va Pokiston rahbarlari madaniy-gumanitar sohani sheriklikning eng muhim va istiqbolli yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilab olishdi.
‑ Qadimiy Buyuk Ipak yoʻli chorrahasida joylashgan Oʻzbekiston va Pokiston xalqlarini azaldan umumiy tarix, oʻxshash til va boy maʼnaviy meros chambarchas bogʻlab turadi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ikki mamlakat fan, sanʼat, kino, sport sohalaridagi aloqalarni kengaytirish, yoshlarga oid dasturlarni amalga oshirish tarafdori ekanini maʼlum qilishdi.
Oʻzbekistonda urdu tiliga qiziqish ortib borayotgani, Pokistondagi Islomobod zamonaviy tillar universiteti, Panjob va Peshovar universitetlarida oʻzbek tili, adabiyoti va Oʻzbekiston tarixini oʻrganishga katta eʼibor qaratilayotgani aytib oʻtildi.

Afgʻoniston

Muzokaralar chogʻida Pokiston bosh vaziri Afgʻonistonda murakkablashayotgangumanitar holat jiddiy tashvish va xavotir uygʻotayotgani qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev xalqaro hamjamiyatni afgʻon xalqiga yordam koʻrsatish borasidagi saʼy-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi.
Yangiliklar lentasi
0