Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Janubiy Koreya eksporti AQShning Rossiyaga qarshi sanktsiyalaridan ozod etildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishFlag Yujnoy Korei v Seule.
Flag Yujnoy Korei v Seule. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Janubiy Koreya AQShning Rossiyaga qarshi sanktsiyalaridan ozod boʻldi, faqat buning oʻrniga ular eksportni oʻzlari nazorat qilishlarini maʼlum qilishdi.
TOSHKENT, 4 mart – Sputnik. Seul Vashingtonning Rossiyaga qarshi sanktsiyalaridan ozod qilindi, Janubiy Koreya ularning oʻrniga muvofiq darajada oʻz eksport nazoratini oʻrnatadi, deb xabar qilmoqda mamlakat Savdo, sanoat va energetika departamenti.
Eslatib oʻtamiz, Janubiy Koreya, biroz oldin AQSH bilan (FDPR) qonuni taʼsiri ostiga tushmaslik haqida muzokaralar olib borgan edi. Ushbu qonun AQSH texnologiyalari yordamida mahsulot ishlab chiqarayotgan uchinchi davlatlarga ham oʻz mahsulotini Rossiyaga eksport qilishni taʼqiqlaydi. Uning taʼsiri 57 toifadagi mahsulotlarga taʼsir qiladi.
Janubiy Koreya savdo vaziri YO Xan Gu AQSH bilan uzoq davom etgan muzokaralar olib borib, oʻz mamlakatini AQSH bilan FDPR qonuni taʼsiri ostidan chiqarishga muvofiq boʻldi. AQSH Janubiy Koreya tomonidan Rossiyaga qarshi kiritgan cheklovlardan qoniqqani tufayli bunga rozi boʻlgan.
YO Xan Gu xulosasiga koʻra, bunday chora ushbu qadam Janubiy Koreya kompaniyalarini "nomaʼlum kutish" muddatini kamaytiradi. Aniqrogʻi Koreya kompaniyalari Rossiyaga eksport uchun ruxsatnomani oʻz hukumatlaridan olish imkoniga ega boʻladi.
Seul hozircha faqat strategik materiallarga eksport nazorati joriy etgan, FDPRga kiruvchi tovarlar toifalari boʻyicha qaror qoʻshimcha maslahatlashuvlardan soʻng qabul qilinadi.
AQSH Savdo vazirligi Seul rasmiylariga tasdiqlashiga koʻra, Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan smartfonlar, yigʻilgan avtomobillar, kir yuvish mashinalari va boshqa "isteʼmol mahsulotlari" FDPR qamroviga tushsada, ular yangi qoidalardan "istisno" ekanligini qilingan. Agar ular Rossiyaga harbiy maqsadda yetkazib berilayotgan boʻlmasa.
Eslatib oʻtamiz, 21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass respublikalarining soʻrovlariga javoban Lugansk va Donetsk xalq respublikalari mustaqilligini tan olish toʻgʻrisidagi farmonlarni imzoladi.
Moskva 24 fevral kuni erta tongda Ukrainani demilitarizatsiya qilish boʻyicha maxsus harbiy operatsiyani boshladi. Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilmaga zarba bermoqda, shaharlar va tinch aholiga zarba berilgani yoʻq.
Bunga javoban Gʻarb davlatlari 2014 yildan beri kuchayib kelayotgan sanktsiyalar yangi bosqichini eʼlon qildi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning soʻzlariga koʻra, Gʻarbning cheklovlari juda jiddiy, biroq Rossiya ularga oldindan tayyorgarlik koʻrgan. Uning qoʻshimcha qilishicha, ular Rossiya manfaatlariga mos keladigan javob choralarini ishlab chiqish uchun boʻlimlarni tahlil qilish va muvofiqlashtirishni talab qiladi.
Yangiliklar lentasi
0