Dam olish kunlarida O‘zbekistonda qanday ob-havo bo‘ladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishDojd
Dojd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning bir necha viloyatlari tog‘li va tog‘ oldi hududlarida 5-9 mart kunlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli saqlanib qoladi.
TOShKENT, 5 mar - Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekistonga Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib kelib, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 13-18° iliqni tashkil etadi.
Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-17° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. tilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 5-10° iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet ma’lum qilishiga ko‘ra, O‘zbekiston hkududida 9-martga qadar kuchli yomg‘ir yog‘ish ehtimoli saqlanib qoladi. Xususan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizax, Toshkent va Farg‘ona vodiysining tog‘li va tog‘ oldi hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.
Yangiliklar lentasi
0