Kolumnistlar

Yevropa millatchilardan tozalanishdan qoʻrqadi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishMarsh natsionalistov v Kiyeve
Marsh natsionalistov v Kiyeve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ikkinchi Jahon urushidan soʻng faqat Germaniya millatchilardan tozalangan edi. Natsistlar jinoyatlariga koʻmak bergan boshqa Yevropa davlatlaridan denatsifikatsiya oʻtkazilmagan.
Rossiya va Ukraina orasida mojaro avj olishiga duch kelgan Yevropa, oʻzining har doimgi, SSSRning fin urushi davrida ham, Ikkinchi Jahon urushi vaqtida egallagan pozitsiyasiga qaytdi.
Aniqroq qilib aytganda, Yevropa siyosatchilari – har doimgidek, mojaro qanday davom etishini kutib turib, oxirida gʻolibga sherik boʻlishni maʼqul koʻrdi. Bu yerda balan sahnadan turib aytilgan balandparvoz gaplar yoki yorqin shiorlar hech narsani hal qilmaydi, muhimi – harakatlar. Harkat esa – yoʻq.
Shu oʻrinda Ikkinchi Jahon urushini va esga olishga toʻgʻri keladi, ha oʻsha qaygʻuli natsizm okkupatsiyasi davrini. Oʻshanda Yevropa 6 hafta ichida Giterning oyogʻi ostiga tiz choʻkkan edi. Britaniya qirollik va respublikalar vermaxtga mutlaq qarshilik koʻrsatmagan va xalq qarshilik kuchlari ham deyarli tashkil qilinmagan edi.
Taniqli “Qarshilik”ning paydo boʻlishiga ham Sovet Ittifoqi tashqi razvedka xizmatining roli katta. Aynan kommunistlar ularga kechalari varaqa yopishitirsh, partizanlik qilish saobtaj va boshqa uslublarni oʻrgatishgan. Lekin bularning barchasi bir yildan soʻng SSSRga qarshi urush boshlanganidan soʻng sodir boʻlgan.
Nima boʻlganda ham, Yevropa aholisida Germaniya fashizmiga nisbatan ichki qarshilik boʻlmagan, yaʼni Yevropa Gitlerni va uning irqlar toʻgʻrisidagi teoriyasini hamda yahudiylarni toʻliq qirib tashlash haqida qarorini qabul qilgan. Bunga amin boʻlish uchun vermaxt general-polkovnigi Frants Galderaning kundalik daftariga nazar solish mumkin.
Oʻz kundaligida Galder Belgiya va Frantsiyada shaharlar aholisi nems qoʻshinlarini qanday qabul qilingani yozgan. “Xursand boʻlib kutib olishdi, stolga mazali taomlar va vino qoʻyishdi”, - deb yozgan general.

Urush, Qanaqa urush?

Gelder kundaligi yagona dalil emas. Liondagi "Terminus" otelida urush vaqtida Gestapo shtabi joylashgan edi. U yerda albatta qiynoq kameralari ham bor edi. Lekin mehmonxonada portye boʻlib ishlagan oʻrta yoshli frantsuz shunday xotirlaydi:
"Barbye bizga yaxshi choy puli berardi, umuman u juda xushmuomala odam edi”, - deb esga oladi frantsuz xizmatchisi urushdan soʻng insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etishda ayblangan Klaus Barbyeni.
Natsistlar bosib olingan Yevropada oʻz jinoyatlarini yashirishga urinmagan ham. Ular yahudiylar va boshqa “past irqli” odamlarga nisbatan operatsiyalarni kuppa-kunduz kuni odamlar koʻz oʻngida oʻtkazar edi. Oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyib yahudiylar hayotini saqlab qolish holatlari juda kam uchrardi. Istisnolar albatta har doim boʻlgan, lekin hozir gap Yevropa millatlarining umumiy vektori haqida ketmoqda.
Hatto koʻchaning bir tomonida odamlar otib tashlanayotgan vaqtda, boshqa tomonda magazinlar ishlab turgan, goʻshtga ham navbat kamaymagan.
SSSR Urushga aralashganidan soʻng, kayfiyatlar mutlaq oʻzgardi. 1941 yilning 22 iyunida boʻlgan hujumda nafaqat Germaniya askarlari, balkim internetsional qoʻshinlar ishtirok etgan, buni bugun ham unutmaslik kerak.
Sovet qoʻshinlari nitsist diviziyalarining 75%ini yoʻq qilib tashlab, aksariyat yevropaliklarning hayotini, ularning tarixiy yodgorliklarin saqlab qolgan, tunu-kun odam yoqqan krematoriy pechlarini oʻchirgan. Albatta buning evaziga SSSRda millionlab odamlar hayoti qurbon boʻlgan, nafaqat harbiylar, balkim tinch aholi ham. Urush tugashi bilan esa – bizga qarshi sovuq urush boshlandi.
U vaqtlarda albatta “Stalin rejimi”, “Kommunistik mafkura va diktatura” deb atashgan, lekin asl maqsad – odamlarga qarshi boʻlgan. Sovet odamlariga qarshi. Buniham unutmaslik kerak.

Bilib qoʻygan yaxshi

Yevropani millatchilardan tozalash, katta qiyinchiliklar evaziga faqatgina Germaniyada oʻtkazilgan. Faqatgina ushbu mamlakat qaqshatqich magʻlubiyatga uchragani sababli. Germaniya okkupatsiyasiga kirgan davlatlarda esa, vaziyat deyarli oʻzgarmagan. Agar u yerlar ham millatchilardan tozalanganida, davlat boshqaruvchilarning aksariyatini sud qilib qamoqqa olish kerak boʻlardi.
Shu sababli ham okkupatsiya davrida mamlakatning barcha qonunlari taʼsirini toʻxtatib qoʻyishdi. Shu sababli ham Germaniyadan boshqa Yevropa davlatlarida kollaboratsionist millatchilar tomonidan Urush yillarida sodir etilgan jinoyatlarning aksariyati jazosiz qoldi.
Xullas milliy Qarshilik harakati aʼzolarini sotgan, ularni qiynab oʻldirgan, natsistlar bilan yaqindan hamkorlik qilgan, oʻz ish joyida ularga xizmat qilgan aksariyat yevropaliklarga hech narsa boʻlmadi.
Fashistlarga xizmat qilgan jamiyat va uning tarkibidagi turli institutlar urushdan keyin qanday ishlagan boʻlsa shunday ishlashda davom etdi. Oddiy misol – Frantsiya temiryoʻl kompaniyasi rahbariyati nemislarga yahudiy va antifashistlarni oʻlim lagerlariga olib borish uchun keragicha transport xizmatlari koʻrsatgan. Temiryoʻl xizmatida ishlagan minglab frantsuzlar orasida faqat bitta mashinist, sostavni Osventsemga haydab borishdan vo kechgan ekan. Mingtadan bitta - inson.
Umuman Yevropada Ikkinchi Jahon urushi juda tez unutildi. Kam sonli yodgorliklar va veteranlar, bayramlar ham bunga taʼsir qilmadi.
Urush – siyosiy sabablarga koʻra unutildi, chunki 1945 yildan soʻng Yevropani iqtisodiy birlashtirish boshlangan edi. Iqtisodiy birlashmada esa GFR juda katta rol oʻynardi. Ularga har zamonda urushni eslatib turish maʼqul emasdi.
Aynan shu sababli, 1962 yilda Frantsiya va GFR orasida Yelisey shartnomasining tantanali imzolash marosimi oldidan prezident de Goll, SS obergruppenfyureri Frantsiya Gestaposi rahbari Karl Obergni qamoqdan ozod qildi.
Ushbu voqealarning maʼnaviy jihati, oʻsha vaqtda ustuvor boʻlgan “kontinentni urushdan soʻng rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari” uni “tinchlik va barqarorlik belanchagiga aylantirish” siyosati ostida qolib ketdi.
Lekin tarix, baribir bir kun kelib eski qarzlarni qaytarishni talab qiladi. Qanchalik “tinchlikva barqarorlikka” erishilgan boʻlmasin. Bugun bunga shubha yoʻq.
Bungun Ukrainani millatchilardan tozalashga bel bogʻlagan Rossiyani ayblayotga Yevropa siyosatchilari bir narsani tushunmayapti – ular boshqarayotgan va saylanayotgan davtlatlarda Ikkinchi jahon urushidan soʻng haqiqiy va chuqur millatchilardan tozalash jarayoni oʻtkazilmagan.
Yangiliklar lentasi
0