Saida Mirziyoyeva Oksana Chusovitinani oltin medal bilan tabrikladi

© Telegram / SShMirziyoyevaOksana Chusovitina
Oksana Chusovitina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2022
Obuna bo‘lish
Mirziyoyeva sportchini u O‘zbekistonning va dunyoning buyuk sportchisi ekanini ta’kidlagan.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva gimnastikasi Oksana Chusovitinani Doxada bo‘lib o‘tgan Jahon Kubogining ikkinchi bosqichida g‘olib bo‘lgani bilan chin tabrikladi.
Mirziyoyeva Chusovitinaning “men sportdagi faoliyatimni O‘zbekiston sharafi uchun medal qozonmasdan yakunlay olmayman” deya bergan va’dasi barchaning yodida ekanini ta’kidlagan.
“Siz va’dangizni bajardingiz, mamlakatga oltin medal olib keldingiz. Sizni Dohada bo‘lib o‘tgan Jahon Kubogining ikkinchi bosqichida g‘olib bo‘lganingiz bilan chin yurakdan tabriklayman! Sport gimnastikasi bo‘yicha jamoamizni tabriklayman! Sizning g‘alabangiz nafaqat sportdagi yutuq, balki, shubhasiz qat’iyat, iroda va vatanparvarlik namunasidir. Rahmat sizga, Great Chuso! Siz O‘zbekistonning va dunyoning buyuk sportchisisiz, bundan keyingi g‘alabalaringizni intizorlik bilan kutib qolamiz!”, - deya yozdi Mirziyoyeva o‘zining telegram kanalida.
Oksana Chusovitina Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi - video
Yangiliklar lentasi
0