Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainadagi barcha harbiy infratuzilmalar deyarli yoʻq qilindi - Putin

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPrezident Rossii Vladimir Putin
Prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya prezidenti Ukrainadagi harbiy harbiy infratuzilmalar deyarli yoʻq qilinganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 5 mar — Sputnik. Ukrainadagi harbiy infratuzilmalarni yoʻq qilish ishlari yakunlanmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin maʼlum qildi.
Rossiya yetakchisining soʻzlariga koʻra, Ukrainadagi harbiy harbiy infratuzilmalar deyarli yoʻq qilingan, asosan, qurol-yarogʻ, oʻq-dori omborlari, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari.
“Bu ishlar deyarli yakunlandi”, - dedi Putin.
Rossiya rahbari operatsiya rejaga binoan olib borilayotganini qoʻshimcha qildi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk respublikalari soʻroviga binoan ushbu ikki respublikani tan olish toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan edi. 24 fevral kuni erta tongda esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlandi. Uning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmani yoʻq qilish va uni millatchilardan tozalash.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, zarbalar faqat harbiy infratuzilma va oʻq-dori omborlariga berilmoqda, tinch aholi turar joylari va shaharlarga zarba berilgani yoʻq.
Yangiliklar lentasi
0