Siyosat

Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Prezident 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida bir guruh ayollarni mukofotlash toʻgʻrisida farmonni imzoladi.
TOSHKENT, 6 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamiyat hayotida faol boʻlgan bir guruh ayol-qizlarni mukofotlash toʻgʻrisida farmonni imzoladi.
Ular mamlakatda olib borilayotgan tub islohotlarda faol qatnashib, yangi Oʻzbekistonni barpo etish, xalq farovonligini yuksaltirish yoʻlida tashabbus va ibrat koʻrsatib kelayotganlari uchun ushbu mukofotlarga loyiq koʻrilgan.
"Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni bilan Uchquduq tumanidagi 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori Nasiba Roʻziyeva, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining til nazariyasi kafedrasi mudiri Zulxumor Xolmanova taqdirlangan.
15 kishi "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan. 22 kishi "Doʻstlik" ordeniga loyiq koʻrilgan. 1 kishiga I darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni berilgan. 50 nafardan ziyod kishi "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
Quyida taqdirlanganlarning toʻliq roʻyxati bilan tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0