Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada biologik qurol yaratilayotganini maʼlum qildi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishPreduprejdayuщaya tablichka na dveri laboratorii
Preduprejdayuщaya tablichka na dveri laboratorii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
AQSH moliyalashtirayotgan Ukrainada amalga oshirilayotgan harbiy biologik dasturi faktlari oshkor qilindi.
TOSHKENT, 6 mar — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainadagi maxsus operatsiya davomida amalga oshirilayotgan harbiy biologik dasturi faktlarini oshkor qilishdi. Dasturni AQSH moliyalashtirayotgan boʻlgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, Ukraina biolaboratoriyalari xodimlaridan 24 fevral kuni oʻta xavfli patogenlarni: oʻlat, kuydirgi, tulyameriya, vabo va boshqa halokatli kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarini zudlik bilan yoʻq qilish maʼlumoti olingan.
“Ravshanki, maxsus harbiy operatsiya boshlanishi bilan Pentagon Ukraina hududida maxfiy biologik tadqiqotlar olib borayotgani fosh boʻlishidan jiddiy tashvishga tushgan”, - dedi Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili.
Vashington va Kiyev tomonidan bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarogʻini taqiqlash toʻgʻrisidagi BMT Konventsiyasining birinchi moddasi buzilishini yashirish uchun Ukraina Sogʻliqni saqlash vazirligi barcha biolaboratoriyalarga xavfli patogenlar zaxiralarini zudlik bilan yoʻq qilishga oid koʻrsatma yuborgan.
Yaqin kunlarda Rossiya Mudofaa vazirligi olingan hujjatlar tahlili natijalarini taqdim etmoqchi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk respublikalari soʻroviga binoan ushbu ikki respublikani tan olish toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan edi. 24 fevral kuni erta tongda esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlandi. Uning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmani yoʻq qilish va uni millatchilardan tozalash.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, zarbalar faqat harbiy infratuzilma va oʻq-dori omborlariga berilmoqda, tinch aholi turar joylari va shaharlarga zarba berilgani yoʻq.
Yangiliklar lentasi
0