Hodisalar

Uchquduq tumani hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish ochildi

Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Uchquduq tuman hokimining sobiq oʻrinbosari va boshqalar 33 kishiga oliygohga grant bilan oʻqishga kirishga yordam beruvchi soxta dalolatnomalar rasmiylashtirib berishgan.
TOSHKENT, 6 mar — Sputnik. Navoiy viloyati Uchquduq tuman hokimligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, prezidentning 2017 yil 25 apreldagi "Navoiy viloyatining olis choʻl tumanlarida aholini turmush darajasini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori talablarining ijrosi boʻyicha viloyatning Uchquduq tumanida oʻrganish oʻtkazilgan.
Hujjatda olis choʻl hududida kamida 3 yildan ortiq yashagan shaxslar oliy taʼlim muassasalarida davlat granti asosida qabul qilinishi belgilangan.
Oʻrganishlar davomida esa Uchquduq tuman hokimining sobiq oʻrinbosari va boshqalar choʻl hududida joylashgan "Yoʻlchilar", "Koʻkpatas" va "Koʻkayaz" MFYlarida 3 yil davomida yashamagan 33 nafar shaxsga ularning ushbu muddatda qayd etilgan mahallalarda yashagani toʻgʻrisida soxta dalolatnomalar rasmiylashtirib berib, shundan 25 nafarining oliygohlarga davlat granti asosida oʻqishga kirishiga sababchi boʻlgani aniqlandi.
Bu talabalarning grant asosida oʻqishi uchun amalda 650 million soʻm byudjet mablagʻlarining sarflanishiga sababchi boʻlib, davlat manfaatlariga zarar yetkazgan.
Bosh prokuratura toʻplangan hujjatlar asosida Uchquduq tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish ochgan.
Yangiliklar lentasi
0