Jamiyat

Ukrainadan evakuatsiya qilingan Oʻzbekiston fuqarolari soni 3,6 mingdan oshdi

© Press-slujba MID UzbekistanaPervыy reys s evakuirovannыmi s Ukrainы uzbekistantsami vыletel v Tashkent
Pervыy reys s evakuirovannыmi s Ukrainы uzbekistantsami vыletel v Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
5-6 mart kunlari yana 440 nafar Oʻzbekiston fuqarosi vatanga olib kelindi. Ular orasida 20 nafar chaqaloq ham bor.
TOSHKENT, 6 mar — Sputnik. Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 5-6 mart kunlari 440 nafar Oʻzbekiston fuqarosi, jumladan, 88 nafar ayollar, 59 nafar voyaga yetmagan shaxs va 20 chaqaloq olib kelindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili xabar qildi.
28 fevraldan 5 martga qadar 16 ta aviareys tashkillashtirilgan. Jami 3 685 nafar oʻzbekistonlik vatanga qaytarilgan. 6 mart kuni qator reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Polsha hududida mamlakatning 850 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 50 nafari Polsha davlat chegarasidagi toʻplanish nuqtasiga, qariyb 800 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.
Polsha chegarasida oʻzbekistonliklar avtohalokatga uchradi, qurbonlar bor
Oʻzbekiston Ukrainadagi oʻz fuqarolarini Polsha orqali evakuatsiya qilishni davom ettirmoqda. Ukrainaning Sumi viloyati maʼmuriyati bilan bu yerdagi oliygohlarda oʻqiyotgan 25 oʻzbek talabasini olib chiqish uchun "yashil yoʻlak" ochish masalasi ishlab chiqilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0