https://oz.sputniknews-uz.com/20220307/putin-va-makron-kelishuviga-asosan-ukrainada-tinchlik-rejimi-ishga-tushdi-23191297.html
Putin va Makron kelishuviga asosan Ukrainada tinchlik rejimi ishga tushdi
Putin va Makron kelishuviga asosan Ukrainada tinchlik rejimi ishga tushdi
Tinch aholi Kiyev, Mariupol, Xarkov va Sum shaharlarini tark etishi mumkin. Gumanitar koridorlar ustidan toʻxtovsiz obʼyektiv nazorat olib borildi, jumladan uchuvchisiz apparatlar yordamida ham.
2022-03-07T12:39+0500
2022-03-07T12:39+0500
2022-03-07T12:39+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
ukraina
vladimir putin
emmanuel makron
tinchlik
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/06/23177005_0:77:3369:1972_1920x0_80_0_0_562fd51942897431f3e521a15ad38104.jpg
TOSHKENT, 7 mar — Sputnik.Rossiya Qurolli kuchlari Frantsiya prezidenti Emmanuel Makronning Vladimir Putinga iltimosiga binoan bugun soat 10:00 dan boshlab Ukrainada tinchlik rejimi eʼlon qildi va gumanitar koridorlarni ochdi.Tinch aholi Kiyev, Mariupol, Xarkov va Sum shaharlarini tark etishi mumkin. Bu safar tinchlik rejimiga amal qilish uchuvchisiz apparatlar yordamida nazorat qilinadi.Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donetsk va Lugansk respublikalari soʻroviga binoan ushbu ikki respublikani tan olish toʻgʻrisida farmonni imzolagan edi. 24 fevral kuni erta tongda esa Ukrainani qurolsizlantirish va millatchilardan tozolash boʻyicha harbiy operatsiya boshlandi. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, zarbalar faqat harbiy infratuzilma va oʻq-dori omborlariga berilmoqda, tinch aholi turar joylari va shaharlarga zarba berilgani yoʻq. Ikkala tomondan ham qurbonlar bor.Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina hukumati bilan erishilgan kelishuvga asosan 5 mart kuni Mariupol va Volnovaxa shaharlarini tark etish uchun soat 10:00 dan boshlab tinchlik koridori tashkil qilgan edi. Lekin jangarilar aholiga shaharlarni erkin tark etishga ruxsat bermayapti, - deb xabar qildi Rossiya MV bir necha soatdan soʻng.Xususan, Volnovaxani 24 fuqaro tark etgan, Mariupoldan esa hech kim chiqmagan. Biroz oʻtib Mariupolda jangarilar tinch aholi yashaydigan koʻp qavatli uyni portlatib yuborgani va buzilgan bino ostida 200 kishi qolib ketgani haqida xabar qilingan edi.Undan tashqari, bir necha kun oldin Ukraina harbiylari va millatchi batalonlar Xarkov va Sumi shaharlarida minglab xorijiy talabalarni garovga olgani, ularga shaharni tark etishga ruxsat bermayotgani, amallab chegaraga yetib kelganlarga esa, chegarani kesib oʻtishga ruxsat bermayotgani xabar qilingan edi.
rossiya
ukraina
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/06/23177005_319:0:3050:2048_1920x0_80_0_0_ed21cf0932f6e221f48abf01f0ec5691.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, ukraina, vladimir putin, emmanuel makron , tinchlik
Putin va Makron kelishuviga asosan Ukrainada tinchlik rejimi ishga tushdi
Bugun soat 10:00 dan boshlab tinch aholi Kiyev, Mariupol, Xarkov va Sum shaharlarini tark etishi mumkin. Gumanitar koridorlar ustidan toʻxtovsiz obʼyektiv nazorat olib borildi, jumladan uchuvchisiz apparatlar yordamida ham.
TOSHKENT, 7 mar — Sputnik.Rossiya Qurolli kuchlari Frantsiya prezidenti Emmanuel Makronning Vladimir Putinga iltimosiga binoan bugun soat 10:00 dan boshlab Ukrainada tinchlik rejimi eʼlon qildi va gumanitar koridorlarni ochdi.
Tinch aholi Kiyev, Mariupol, Xarkov va Sum shaharlarini tark etishi mumkin. Bu safar tinchlik rejimiga amal qilish uchuvchisiz apparatlar yordamida nazorat qilinadi.
“Gumanitar koridorlar ochilgan vaqtda Rossiya Federatsiyasining Qurolli kuchlari toʻxtovsiz obʼyektiv nazorat olib boradi, jumladan uchuvchisiz apparatlar yordamida ham. Bu safar Ukraina tomoni Rossiyani tinchlik rejimini buzishda ayblay olmaydi. Rossiya shtabi, Kiyev rasmiy hukumati va shaharlar rahbarlaridan muayyan harakatlarni kutmoqda”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donetsk va Lugansk respublikalari soʻroviga binoan ushbu ikki respublikani tan olish toʻgʻrisida farmonni imzolagan edi. 24 fevral kuni erta tongda esa Ukrainani qurolsizlantirish va millatchilardan tozolash boʻyicha harbiy operatsiya boshlandi. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, zarbalar faqat harbiy infratuzilma va oʻq-dori omborlariga berilmoqda, tinch aholi turar joylari va shaharlarga zarba berilgani yoʻq. Ikkala tomondan ham qurbonlar bor.
Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina hukumati bilan erishilgan kelishuvga asosan 5 mart kuni Mariupol va Volnovaxa shaharlarini tark etish uchun soat 10:00 dan boshlab tinchlik koridori tashkil qilgan edi. Lekin jangarilar aholiga shaharlarni erkin tark etishga ruxsat bermayapti, - deb xabar qildi Rossiya MV bir necha soatdan soʻng.
Xususan, Volnovaxani 24 fuqaro tark etgan, Mariupoldan esa hech kim chiqmagan. Biroz oʻtib Mariupolda jangarilar tinch aholi yashaydigan koʻp qavatli uyni portlatib yuborgani va buzilgan bino ostida 200 kishi qolib ketgani haqida xabar qilingan edi.
Undan tashqari, bir necha kun oldin Ukraina harbiylari va millatchi batalonlar Xarkov va Sumi shaharlarida minglab xorijiy talabalarni garovga olgani, ularga shaharni tark etishga ruxsat bermayotgani, amallab chegaraga yetib kelganlarga esa, chegarani kesib oʻtishga ruxsat bermayotgani xabar qilingan edi.