Kolumnistlar

UQKning dengizga chiqish yoʻli yopilgan: bu nimani anglatadi

© Sputnik / Konstantin MixalchevskiySituatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy
Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiyaning Ukraina harbiy obʼyektlarini yoʻq qilish va uni millatchilardan tozalash operatsiyasi bir maromda davom ettirilmoqda. Kiyev rejim nazorat qiliyotgan hudud amalda dengiz yoʻllaridan uzib qoʻyilgan.
Rossiya qoʻshinlari Ukraina ustidagi havo maydonini toʻliq nazorat qilmoqda va shahar infratuzildmasini vayron qilmasdan, faqat Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) obʼyektlriga zarba bermoqda.
Rossiya Qurolli kuchlari boʻlinmalari Ukrainaning deyarli barcha hududlarini qamrab olgan katta frontda hujum qilmoqda. Oʻtgan sutkada 10 ta aholi punkti nazoratga olindi. Avvalroq Rossiya qoʻshinlari Melitopol, Genichesk, Berdyansk, Chernobil va Zaporoj AESlarini nazorat ostiga olishgandi, Kiyev, Chernigov, Konotop, Sumi, Xersonni bloklab, Shimoliy Qrim kanali ishini qayta tiklashgandi. Lugans va Donetsk xalq respublikalarining qoʻshinlari muvaffaqiyatli hujum qilishmoqda.
Kiyev va Xarkovdagi vaziyat ogʻirligicha qolmoqda. “Hududiy mudofaa” otryadlari koʻchalarda minalar joylashtirib, tinch aholi uchun xatarni oshirishmoqda. Xarkov va Mariupol “qozonlarini” bitirish Kiyev rejimining taslim boʻlish fursatini yaqinlashtirish imkonini beradi.
Rossiya qoʻshinlari taktikasi yirik aholi punktlarini shtrum qilishni nazarda tutmaydi, shaharlar shunchaki oʻrab olinadi. Ukraina harbiy infratuzilmasi tunu kun yakson qilinmoqda. Shunday qilib, uzoq masofaga uchuvchi yuqori aniqlikdagi qurol zarbasi bilan Javelin va NLOW tankka qarshi majmualar saqlangan Jitomirdagi oʻq-dori ombori yoʻq qilindi.
Maxsus operatsiyaning 10 kuni davomida Rossiya Qurolli kuchlari UKQning 2037 ta obʼyektlarini yoʻq qilishgan: 71 ta boshqarish va aloqa punkti, 98 ta S-300, “Buk M-1” va “Osa” havo hujumiga qarshi raketa zenit majmualari, 61 ta radiolokatsion stantsiya, 66 ta samolyot yerda va 16 ta havoda, 56 ta uchuvchsisiz uchish qurilmasi, 708 ta tank va boshqa zirhli mashinalar, 74 ta zalp bilan otiladigan reaktiv tizimi, 260 donadan ziyod artilleriya, 505 ta harbiy avtomobillar.
Yevropa millatchilardan tozalanishdan qoʻrqadi
Ukraina harbiy infratuzilmalarini yakson qilish yakunlanmoqda. Qarshilik koʻrsatish behuda, boz ustiga Rossiya qoʻshinlari tinch aholiga zarar yetkazish va Ukrainani bosib olish niyatida emaslar. UQK aloqaning havo va dengiz yoʻllaridan uzib qoʻyilgan.
Kiyev rejimi Polsha, Slovakiya, Vengriya va Ruminiya bilan davlat chegarasidagi uchastkalardan xorijiy yollanmalar va “mudofaa qurolini” olib oʻtish uchun foydalanmoqda. Gʻarbning bu saxovatpeshaligi ukrain harbiy xizmatchilari orasida qurbonlarning koʻpayishini kafolatlaydi, xolos.
“Hamkorlarning” buzgʻunchilik urinishlari Rossiyaning maqsadlari va operatsiyaning harbiy siyosiy yakuniga taʼsir koʻrsatmaydi. Eslataman, ilgari Moskva Yevropa xavfsizligi muammosini diplomatik yoʻl bilan hal qilishni taklif qilgandi, biroq Vashington va Bryussel tepkilari bilan Ukrainani uni ikkinchi Afgʻoniston qilish uchun urushga itardi.
Jang maydonida va moliyaviy jihatdan – Gʻarb Rossiyaga maksimal zarar yetkazmoqchi

Rossiya taqani bukmoqda

Xarkovdan shimoli-gʻarbga boʻlgan Ukraina mudofaasi batamom bostirilgan. Bu UQKning gʻarb yoʻnalishida guruhlarga boʻlinib olish urinishlarining oldini olishga imkon beradi. Ukrain OAVlari jamoatchilikdan frontdagi magʻlubiyatni yashirish uchun xaritadagi shaharlarni “bir joydan boshqa joyga koʻchirishni” boshlashdi. Atigi 10 kun oʻtdi-ku.
Balki, Dnepr chizigʻida Rossiya maxsus operatsiyasi toʻxtab qolmas, qoʻshinlarning sharqdan, shimoldan va janubdan (xaritada taqa boʻlib koʻrinadi) hujumlari Kiyevni toʻliq oʻrab olishga imkon beradi, birin-ketish boshqa yirik shaharlarni ham - Nikolayev, Odessa, Lvov. Quruqlikdagi qoʻshinlar, Havo harbiy kuchlari va Rossiyaning Azov va Qora dengizdagi Harbiy dengiz kuchlaridan hali toʻliq foydalanilmagan.
AQSH razvedkasi Rossiya Ukraina boʻylab kuchli havo zarba berishdan bosh tortayotganidan oʻyga tolib qolgan. Aksariyat amerikaliklar uchun Mosul va Kiyev oʻrtasida katta farq yoʻq. Ukraina bosh shtabini bir savol qiynamoqda: “Nega Rossiya qoʻshinlari haligacha Odessada desant tushirishmadi?”.
Kiyev hukumati aksariyati jinoyatchi boʻlganlarga 25 500 ta Kalashnikov avtomotlarini tarqatdi, otishmalarda yuzlab tinch aholi halok boʻldi.
NATO Rossiyaga qarshi urush eʼlon qilyaptimi?
5 mart kuni Mariupol va Volnovaxadagi ehtimoliy 200 ming qochoqdan jami 17 tasi ochiq gumanitar yoʻlaklardan foydalanishdi. Millatchilar tinch aholini hatto xorijliklarni qoʻyib yuborishmayapti, ulardan “tirik qalqon” sifatida foydalanishmoqda. BMT Xavfsizlik kengashida Afrika mamlakatlari ukrain chegarasida qora tanlilar tahqirlanayotganini qoralashgani tasodif emas.
Hatto Amerikaning “Washington Post” gazetasi gʻazablanib taʼkidladiki, Ukraina “Jeneva konventsiyasini buzayotgan... qonli onlayn kampaniya” olib bormoqda. Nima boʻlgan taqdirda ham, Rossiya qoʻshinlari oldinga qoʻyilgan vazifalarni bajarishadi va Ukraina hududida “yaxshini yomondan” ajaratadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Kiyev rejimining ahmoqona xulq-atvoriga toʻxtalib oʻtdi: “Agar ular shu yoʻsinda davom ettiradigan boʻlishsa, ular ukrain davlatchiligi kelajagini savol ostiga qoʻyishadi”. Va bu boʻlib oʻtayotgan voqealarni aql-idrok bilan baholashga qodir boʻlmagan gʻarblik “hamkorlarga” juda jiddiy ogohlantirish.

Ukraincha “korrida”

Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ispan radiosi efirida YEI Rossiya bilan urush olib bormayotgani, hujum qilingan Ukraina tomonida ekanini maʼlum qildi. Ilgari Borrel UQKga 450 million yevrolik qurol-yarogʻni yordam sifatida joʻnatish zarurligini aytgandi. Koʻrinib turibdiki, Yevropa ittifoqi NATO va Pentagonning filialiga aylanmoqda.
Rossiya tashqi razvedka xizmati Polsha Ukrainaga qurol va yollanmalarni joʻnatish uchun bazaga aylangani haqidagi maʼlumot bilan boʻlishdi. Polsha hududida Kiyev rejimini Rossiya qoʻshinlari harakati haqidagi maʼlumotlar bilan taʼminlab turgan AQSH, Britaniya, Kanada va NATOning boshqa mamlakatlarining razvedka tarmoqlari ochilgan.
“Bild” gazetasi Berlin Ukrainaga 1000 ta tankka qarshi majmua va 500 ta “Stinger” zenit raketa majmuasi hamda 2700 ta “Strela” koʻchma zenit majmuasini yetkazib berishga qaror qilganini xabar qildi. Ular GDR ixtiyorida boʻlgan va 35 yilcha omborlarda saqlangan. Bunday yasama gʻamxoʻrlikning kimga keragi bor? Ukrainaning katta qismida halokatli gumanitar vaziyat yuzaga kelgan, koʻplab yevropaliklar uchun esa bu shunchaki “korrida”.
Amerikalik “muxlislar” tushunishga urinishmoqda – ukrainaliklarga Turkiyaning “Bayraktarlari” yordam bera olishadimi. Pentagon anchadan buyon 280 ta qadimiy “Borodavichnik” – A-10 Warthog shturmchilaridan xalos boʻlishni rejalashtirmoqda, lekin ularni Ukrainaga berishni AQSH HHK hatto muhokama qilmayapti.
Ruminiya va Slovakiya Ukraina uchuvchilariga yordam qoʻllarini choʻzishmoqchi edi, lekin ularning sovet davrida ishlab chiqarilgan eskirgan qiruvchilarini NATO safida hech narsa bilan oʻrnini almashtirib boʻlmaydi. NATOning Ukraina ustida uchishni taqiqlash haqidagi qandaydir suhbatlar ham - xomxayol.
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi: maqsad – demilitarizatsiya
Boshqa tomondan, amerikaliklar, yevropaliklar va ukrainlarning Rossiyaga boʻlgan nafrati haqidagi mish-mishlar haddan ziyod boʻrttirilgan. Oʻn yillar ham oʻtmasdan qarabsizki, ukrain xalqi yana qardosh va doʻst boʻladi (urushdan keyingi Polsha va GDR eslaylik). Kollektiv Gʻarb tajovuzi davrlariga soʻnggi 800 yil ichida Rossiya toʻliq moslashdi va xotirjamlik bilan hozirgi keskinlikni qabul qiladi.
Yangiliklar lentasi
0