Jamiyat

Yaponiya Oʻzbekistonda 7ta kichik loyiha uchun mablagʻ ajratdi

Uzbekistan - Yaponiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yaponiya hukumati "Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalar uchun begʻaraz yordam" doirasida 7ta kichik loyiha uchun mablagʻ ajratdi.
TOSHKENT, 7 mar - Sputnik. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi va Yaponiya elchixonasi oʻrtasida tibbiyot va taʼlim sohalarida 619 ming AQSH dollariga teng shartnoma imzoladi, deb xabar qilmoqda Yaponiya elchixonasi.
Xususan, viloyatlardagi tibbiyot muassasalariga asbob-uskunalari xarid qilish uchun mablagʻlar ajratiladi:
1.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filialiga $88461;
2.
Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy markazi Samarqand filialiga $72977;
3.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialiga $91000;
4.
Buxoro viloyati Romitan tumani tibbiyot birlashmasiga $92300;
5.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tuman tibbiyot birlashmasiga $91700;
6.
Toshkent shahar 6–son tugʻruq majmuasiga $91350;
Shu bilan birga, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyatiga Brayl alifbosidagi kitoblarni ishlab chiqarish uskunalari uchun $ 91283 ajratildi.
Maʼlumot oʻrnida, kuni kecha Yaponiya Hukumatining “Rivojlanishga rasmiy yordam” dasturi doirasida Qoraqalpogʻiston Tibbiyot instituti klinikasiga umumiy qiymati 7mln. dollarga teng mablagʻ ajratilgan edi.
1995 yildan buyon Yaponiya tomonidan Oʻzbekistonda umumiy qiymati 27 mln AQSH dollariga teng tibbiyot, taʼlim va qishloq xoʻjaligi sohalarida 400 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi.
Yangiliklar lentasi
0