Ayol kishining ishi: tezurar poyezd mashinisti yordamchisi - video

Obuna bo‘lish
Yoshlikda uchuvchi bo‘lishni orzu qilgan Dilbar Eshmetova, hozirgi kunda "Afrosiyob" tezurar poyezdi mashinisti yordamchisi bo‘lib ishlaydi.
Yaqin-yaqin vaqtlarga qadar O‘zbekistonda poyezd mashinisti yordamchisi - faqat erkak kishining ishi hisoblanar edi. Lekin bir necha yil oldin ular orasida ayollar ham paydo bo‘la boshladi. Ulardan biri — Dilbar Eshmetova.
"Afrosiab" tezurar poyezdning ichida asosiy mashistlar bilan birga mashinist yordamchisi - ham ishlaydi. U Dilbar Eshmetova. Bugungi kunda O‘zbekistonda ushbu kasbda to‘rt nafar ayol kishi ishlaydi.
"Yoshligimda uchuvchi bo‘lishni orzu qilardim. Maktabni bitirib Toshkent temiryo‘l muxandisari institutiga o‘qishga kirdim. U yerda transport vositalarini, ekspluatatsiya qilish, transport qurilmalari va logistikani o‘rgandim.
Men mashinist yordamchisi bo‘laman deb o‘ylamagan edim, lekin menga bu ishim yoqadi. Yordamchi sifatida men belgilangan suhbatlar (ta’minlash xizmatlari bilan) olib boraman, yo‘nalish bo‘yicha svetoforlar, strelkalarni, kontakt simi, kesib o‘tish joylari, to‘siqlar va tezlikni kuzatib boraman", - deydi Dilbar.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, ishga kirish oson bo‘lmagan, nomzodlarni 200dan ortiq kishilar orasidan tanlab olishgan. Eng muhim talablardan biri bu - sog‘liq ko‘rsatgichlari bo‘lgan. Undan so‘ng esa 6 oy davom etgan o‘qish, malaka oshirish bo‘lib o‘tgan.
Ish kunim tong soat 3da boshlanadi. Xizmat mashinasi bizni vokzalga olib keladi. Bu yerda biz tibbiy ko‘rikdan o‘tib, yo‘riqnomalar olamiz. Shundan so‘ng mashinistlar bilan poyezdni texnik ko‘rikdan o‘tkazamiz - kuzov, mashina bo‘limi, barcha tutash qismlar va elektron tizimlar.
Keyin bor jurnalida oldingi brigada yozib qoldirgan yozuvlarni ko‘ramiz. Reys davomida biror kamchilik bo‘lgan bo‘lsa biz bunga albatta e’tibor qaratamiz. Agar hammasi yaxshi bo‘lsa - yo‘lga chiqamiz.
Haligacha mashinistlar kabinasi ichida ayol kishini ko‘rgan yo‘lovchilar hayratlanishadi, ba’zilar jilmayib, qo‘l silkitishadi.
- Ayrim temiryo‘lchilar mashinistlar orasida ayol kishi borligiga haliyam ishonishmaydi, - deydi Dilbar. Biz ayol mashinist yordamchilari e’tiborliroq, mehribonroqmiz. Ayol bo‘lganimiz uchun ham bizda yo‘lovchilar hayoti uchun javobgarlik hissi kuchliroq.
Dilbar Eshmetova ikki farzandning onasi. Ish faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishda oilasi unga katta yordam beradi, qo‘llab-quvvatlab turadi.
Dilbar kelajakda O‘zbekistonda yanada ko‘proq ayol mashinist yordamchilari paydo bo‘lishiga ishonadi.
Yangiliklar lentasi
0