Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Ertalabki eng zararli uch odat

© Sputnik / Artur Lebedev / Mediabankka o‘tishZabeg po chaynim plantatsiyam v Sochi
Zabeg po chaynim plantatsiyam v Sochi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2022
Obuna bo‘lish
Tongni qahva yoki sok ichish, faol jismoniy mashqlar bilan boshlash organizm uchun zararli bo‘lishi mumkin.
Ko‘pchilik tongni qahva, turli sharbatlar iste’mol qilish yoki faol jismoniy mashqlardan boshlaydi. Ammo uyg‘ongandan darhol bu ishlarni bajarish salomatlik uchun zararli bo‘lishi mumkin.
Shifokor va boshlovchi Miriam Stoppard ertalabki zararli odatlar haqida so‘zlab berdi.
Mutaxassis tongda uyg‘ongandan darhol jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning zararlari haqida ogohlantirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tongda, organizm to‘liq uyg‘onmagan mahal suvsizlangan bo‘ladi va bundan tana noto‘g‘ri cho‘zilishi mumkin.
“Ertalabki mashqlar vaqtida ehtiyotsiz harakatlar hatto umurtqalar siljishiga olib kelishi mumkin”, - deydi mutaxassis The Mirror nashriga.
Shifokor shuningdek, tongda ichish zararli bo‘lgan ichimliklar haqida ham ogohlantirdi.
Masalan, erta tongdan ichilgan sitrusli sharbatlar organizmga juda yomon ta’sir qiladi. Chunki bunday sharbatlar qonda shakar miqdorini keskin oshiradi va hazm qilish jarayonini qiyinlashtiradi.
Buning sababi shundaki, uyqudan so‘ng insulin ajralib chiqishi odatdagidek jarayonda kechmaydi.
Qahva ham sitrusli sharbat kabi ta’sir qiladi. Qahvani och qoringa iste’mol qilish mumkin emas, chunki u ham qonda shakar miqdorini oshiradi.
“Bu ichimliklarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab nonushta qilish kerak”, - deydi shifokor.
Yangiliklar lentasi
0