https://oz.sputniknews-uz.com/20220308/makron-evropaliklarni-rossiyaga-hurmat-bilan-munosabatda-bolishga-chaqirdi-23202093.html
Makron yevropaliklarni Rossiyaga hurmat bilan munosabatda boʻlishga chaqirdi
Makron yevropaliklarni Rossiyaga hurmat bilan munosabatda boʻlishga chaqirdi
Rossiyasiz qitʼmizda mustahkam tinchlik qurib boʻlmaydi, Rossiyaga humat bilan munosabatda boʻling - Emmanuel Makron.
2022-03-08T11:12+0500
2022-03-08T11:12+0500
2022-03-08T11:12+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
ukraina
frantsiya
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/08/23202222_0:0:3213:1807_1920x0_80_0_0_d14577b1d159d8d8155623dd6d18605c.jpg
TOSHKENT, 8 mar — Sputnik. Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron saylovchilar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda ularni Rossiyaga hurmat bilan munosabatda boʻlishga chaqirdi, deb yozmoqda Figaro nashri. Frantsiya yetakchisi xulosasiga koʻra, umumevropa xavfsizligi uchun Moskva bilan muloqotni davom ettirish kerak. Maʼlumot uchun, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron 8 fevarl kuni Moskvaga tashrif buyurib Vladmir Putin bilan uchrashuv oʻtkazgan edi. Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan soʻng Makron Putin bilan bir necha bor telefon suhbati oʻtkazdi. Xususan 7 mart kuni, Frantsiya prezidentining iltimosiga binoan Rossiya Qurolli kuchlari Kiyev, Xarkov, Sumi shaharlarida 6ta tinchlik koridori tashkil qilib, vaqtincha tinchlik rejimi eʼlon qilishgan edi. Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donetsk va Lugansk respublikalari soʻroviga binoan ushbu ikki respublikani tan olish toʻgʻrisida farmonni imzolagan edi. 24 fevral kuni erta tongda esa Ukrainani qurolsizlantirish va millatchilardan tozolash boʻyicha harbiy operatsiya boshlandi. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, zarbalar faqat harbiy infratuzilma va oʻq-dori omborlariga berilmoqda, tinch aholi turar joylari va shaharlarga zarba berilgani yoʻq. Ikkala tomondan ham qurbonlar bor.
rossiya
ukraina
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/08/23202222_213:0:2944:2048_1920x0_80_0_0_8147d12685212852795787e8c55b6326.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, ukraina, frantsiya
Makron yevropaliklarni Rossiyaga hurmat bilan munosabatda boʻlishga chaqirdi
Rossiyasiz qitʼmizda mustahkam tinchlik qurib boʻlmaydi, Rossiyaga humat bilan munosabatda boʻling - Emmanuel Makron.
TOSHKENT, 8 mar — Sputnik. Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron saylovchilar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda ularni Rossiyaga hurmat bilan munosabatda boʻlishga chaqirdi, deb yozmoqda Figaro nashri.
"Biz rus va belarus xalqlari bilan muloqootni davom ettirishimiz shart. Shuningdekdek ularning rahbarlari bilan ham va har doim Rossiyani davlat sifatida hurmat qilishimiz kerak", - deb Makronning soʻzlarini keltiradi nashr.
Frantsiya yetakchisi xulosasiga koʻra, umumevropa xavfsizligi uchun Moskva bilan muloqotni davom ettirish kerak.
"Rossiya ishtirok etmasa, qitʼamizda tinchlikning mustahkam poydevorini qurib boʻlmaydi", - dedi Frantsiya yetakchisi.
Maʼlumot uchun, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron 8 fevarl kuni Moskvaga tashrif buyurib Vladmir Putin bilan uchrashuv oʻtkazgan edi. Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan soʻng Makron Putin bilan bir necha bor telefon suhbati oʻtkazdi. Xususan 7 mart kuni, Frantsiya prezidentining iltimosiga binoan Rossiya Qurolli kuchlari Kiyev, Xarkov, Sumi shaharlarida 6ta tinchlik koridori tashkil qilib, vaqtincha tinchlik rejimi eʼlon qilishgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donetsk va Lugansk respublikalari soʻroviga binoan ushbu ikki respublikani tan olish toʻgʻrisida farmonni imzolagan edi. 24 fevral kuni erta tongda esa Ukrainani qurolsizlantirish va millatchilardan tozolash boʻyicha harbiy operatsiya boshlandi. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, zarbalar faqat harbiy infratuzilma va oʻq-dori omborlariga berilmoqda, tinch aholi turar joylari va shaharlarga zarba berilgani yoʻq. Ikkala tomondan ham qurbonlar bor.