Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi - foto

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil jenщin s 8 marta
Shavkat Mirziyoyev pozdravil jenщin s 8 marta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Har qanday davlatning adolatli ekani uning xotin-qizlarga boʻlgan gʻamxoʻrligi bilan belgilanadi - Mirziyoyev
TOSHKENT, 8 mar - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayollarni 8 mart bilan tabrikladi. Tantanali bayram tadbiri Xalqaro kongress markazida 7 mart kuni boʻlib oʻtdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil jenщin s 8 marta
Shavkat Mirziyoyev pozdravil jenщin s 8 marta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.03.2022
Shavkat Mirziyoyev pozdravil jenщin s 8 marta
– Xalqimiz azal-azaldan Ona siymosini, Ayol zotini Yaratganning ulugʻ neʼmati, tengsiz moʻʼjizasi, deb biladi, uni hamisha ardoqlab-asrab yashaydi, – dedi prezident.
Maʼlumki, har qanday jamiyat va davlatning qay darajada xalqparvar hamda adolatli ekani uning xotin-qizlarga boʻlgan munosabati va gʻamxoʻrligi bilan belgilanadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil jenщin s 8 marta
Shavkat Mirziyoyev pozdravil jenщin s 8 marta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.03.2022
Shavkat Mirziyoyev pozdravil jenщin s 8 marta
Oʻzbekistonda xotin-qizlar ravnaqi uchun amalga oshirilayotgan ishlar sanab oʻtildi:
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tashkil etildi.
Respublikadagi 9,5 mingga yaqin mahalla raisining xotin-qizlar va oila boʻyicha oʻrinbosarlari ham qoʻmita tizimiga oʻtkazildi.
Har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi yangidan joriy qilindi.
2022-2026 yillarga moʻljallangan Xotin-qizlar taʼlimini qoʻllab-quvvatlash milliy dasturi qabul qilinadi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan jamoatchilikka, avvalo, yoshlarga tarbiyaviy taʼsir koʻrsata oladigan, obroʻ-eʼtiborli ayollarni oʻz safida birlashtirgan “Oqila ayollar” harakati tashkil topmoqda.
Shuningdek, barcha mehnat jamoalarida xotin-qizlarning muammolariga samarali yechim topish uchun “Ayollar kengashlari” tuzilmoqda.
Tadbirkor xotin-qizlarni yanada koʻpaytirish maqsadida “Bizneschi ayollar” dasturi qabul qilinib, uning doirasida 8 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.
Shuningdek, joriy yilda ipoteka kreditlari boʻyicha beriladigan subsidiyalarning 40 foizi xotin-qizlar uchun ajratiladi. Bu muhtoj ayollarni 12 mingta qulay uy-joy bilan taʼminlash imkoniyatini beradi.
Tariximizda ilgari boʻlmagan bunday keng koʻlamli ishlar ijrosi uchun 15 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil jenщin s 8 marta
Shavkat Mirziyoyev pozdravil jenщin s 8 marta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.03.2022
Shavkat Mirziyoyev pozdravil jenщin s 8 marta
– Xotin-qizlar va oila masalasi – bu nafaqat bugungi kunimiz, balki ertangi kelajagimizni ham belgilab beradigan hal qiluvchi omildir. Agar biz mehr-oqibat va sadoqat timsoli, xonadonlarimiz farishtasi boʻlgan ayollarga bitta yaxshilik qilsak, hech shubhasiz, bu oʻnta yaxshilik boʻlib qaytadi, – deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil jenщin s 8 marta
Shavkat Mirziyoyev pozdravil jenщin s 8 marta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.03.2022
Shavkat Mirziyoyev pozdravil jenщin s 8 marta
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining shu yil 5 martdagi farmoniga muvofiq bir guruh xotin-qizlar yuksak unvon, orden va medallar bilan, Prezident qaroriga binoan esa yigirma sakkiz nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan mukofotlangan edi. Bayram tadbirida ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
– Barchangizni yana bir bor bugungi bahor va nafosat, goʻzallik va latofat bayrami bilan samimiy tabriklayman. Sizlarga dunyodagi eng bebaho boylik – oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, farzandlar va nabiralar kamolini koʻrib yurish quvonchi hamisha yor boʻlishini tilayman. Qalbingiz doim bugungi bahordek yashnab tursin, - dedi Prezident.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil jenщin s 8 marta
Shavkat Mirziyoyev pozdravil jenщin s 8 marta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.03.2022
Shavkat Mirziyoyev pozdravil jenщin s 8 marta
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan xotin-qizlar, turli vazirlik va idoralar xodimlari fayzli dasturxon atrofida bayramni nishonladi. Tadbirda chet ellik diplomat ayollar, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ham ishtirok etdi.
Bayram tantanali kontsert dasturi bilan davom etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaKontsert na tseremonii pozdravleniya jenщin s 8 marta
Kontsert na tseremonii pozdravleniya jenщin s 8 marta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.03.2022
Kontsert na tseremonii pozdravleniya jenщin s 8 marta
Yangiliklar lentasi
0