Jamiyat

Ukrainadan fuqarolarni olib chiqish uchun 21ta reys tashkil qilindi - TIV

© Press-slujba MID UzbekistanaSpetsbort Uzbekistan Airways v aeroportu polskogo goroda Katovitse vo vremya evakuatsii grajdan Uzbekistana iz Ukrainы
Spetsbort Uzbekistan Airways v aeroportu polskogo goroda Katovitse vo vremya evakuatsii grajdan Uzbekistana iz Ukrainы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.03.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ukrainada harbiy operatsiya boshlanganidan buyon 4 787 nafar Oʻzbekiston fuqarolari evakuatsiya qilindi.
TOSHKENT, 8 mar - Sputnik. Ukrainadan fuqarolarni olib chiqish uchun 21ta reys tashkil qilindi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili.
28 fevraldan 8 martga qadar 21 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush boʻlayotgan joylardan 4 787 nafar vatandoshimiz qaytarildi. 8 mart kuni yana ikkita reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan, - deyilgan xabarda.
2022 yil 7-8 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 428 nafar Oʻzbekiston fuqarosi, shu jumladan 69 nafar ayol, 48 nafar voyaga yetgaman shaxs va 11 nafar chaqaloq olib kelindi.
Shu bilan bigra, Moldova Respublikasi hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolarini olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlandi.
Eslatib oʻtamiz, Ukrainadagi Oʻzbekiston elchixonasi, vaziyat kesinlashgan kunidan boshlab Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan tartibda evakuatsiya qilishni boshlagan edi. Buning uchun elchixona vakillari mahalliy oʻzbek diasporasi bilan hamkorlikda fuqarolarni dastlab Lvov shahriga, undan soʻng Polshaning Katovitse shahriga avtobuslarda olib kelgan. Polsha hukumati bilan muzokaralar oʻtkazib, Oʻzbekiston fuqarolarining chegaradan oʻtish jarayonini ham osonlashtirib bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0