Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Xitoy AQShdan Ukrainadagi biolaboratoriyalar haqidagi maʼlumotlarni ochiqlashni talab qildi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishOtdeleniye dlya lyudey s podozreniyem na koronavirus v Botkinskoy bolnitse
Otdeleniye dlya lyudey s podozreniyem na koronavirus v Botkinskoy bolnitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
AQSH boshqaruvida Ukraina hududida ishlagan biologik laboratoriyalarda vabo, kuydirgi, brutsellez, salmonellez, dizenteriya va bir qator oʻta xavfli viruslar bilan ishlangan aniqlandi.
TOSHKENT, 8 mar - Sputnik. Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Chjao Litszyan amerika hukumatidan Ukrainadagi harbiy biolaboratoriyalar faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlarni ochiqlashni talab qildi.
"Biz yana bir marotaba Amerika tomonini mamlakat ichidagi va tashqarisidagi harbiy biologik laboratoriyalar haqida maʼlumotlarni ochqlashga chaqiramiz", - dedi Lizzyan.
Diplomatning soʻzlariga koʻra, Amerikaning Ukrainadagi faoliyati bu "aysbergning koʻrinib turgan qismi" xolos. AQSH Mudofaa vazirligi dunyoning 30ta davlatida 336ta biologik laboratoriyalarni nazorat qiladi.
"Ha-ha, siz xato eshitmadingiz, 336ta", - dedi diplomat. Litszyan aytishiga koʻra, amerikaliklar 20 yildan beri oʻzlarining mamlakat ichidagi va xorijdagi biologik obʼyektlarini tekshirishdan voz kechib kelmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 7 mart kuni Rossiya Qurolli kuchlarining Radiatsion, kimyoviy va biologik himoya boʻlimi boshligʻi Ukrainaning Lvov, Xarkov va Poltava shaharlarida AQSH boshqaruvida xavfli viruslar bilan ishlaydigan 30ta biologik laboratoriyalar aniqlanganini xabar qilgan edi.
Rossiya qoʻshinlari maxsus harbiy operatsiya boshlaganidan soʻng, Ukraina hududida joylashgan biologik laboratoriyalar katta tezlikda u yerdagi viruslarni yoʻq qilishni boshladi. Rossiya Mudofaa vazirligi ixtiyoridagi hujjatlarga koʻra, ushbu biologik laboratoriyalarda xalqaro konventsiyalar bilan taʼqiqlangan viruslar bilan ish olib borilgani maʼlum boʻlgan. Xususan, vabo, kuydirgi, brutsellez, salmonellez, dizenteriya va yana bir qator oʻta xavfli viruslar sanab oʻtilgan.
Yangiliklar lentasi
0