Rossiya

Ekspert AQShning Ukrainadagi biolaboratoriyalari tahdidini baholadi

© pixabay.com/Yuri_Bprotivogaz-apokalipsis
protivogaz-apokalipsis - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Harbiy ekspert: AQShning Ukrainadagi biolaboratoriyalari Rossiya xavfsizligiga toʻgʻridan-toʻgʻri tahdid soladi
TOSHKENT, 9 mar — Sputnik. AQShning Ukraina hududidagi biolaboratoriyalarida biologik urush texnologiyasi ishlab chiqarilayotganini istisno qilish mumkin emas. Bu Rossiya xavfsizligiga toʻgʻridan-toʻgʻri tahdid soladi. Bu haqda RIA Novostiga harbiy ekspert, “Natsionalnaya oborona” jurnali bosh muharriri Igor Korotchenko maʼlum qildi.

“Bu ishlar aniq harbiy-amaliy xususiyatga ega boʻlgan, va biz tadqiqotlar olib borilgani va muayyan operatsiya va texnologiyalar, jumladan, biologik urush olib borish uchun ishlab chiqarilgani inkor qilolmaymiz. Bu Rossiya xavfsizligiga toʻgʻridan-toʻgʻri, oshkora va bevosita tahdid boʻlgan. Shubhasiz, Rossiya bu masalani xalqaro tashkilotlarda, jumladan, BMTda koʻtarishi va tegishli xalqaro munosabat bildirilishini talab qilishi shart”, - dedi Korotchenko.

Ekspertning soʻzlariga koʻra, AQSH bu yopiqlik qozon yopiqligicha qolishi uchun qoʻlidan kelgan hamma ishni qilmoqda.
“Bu yana bir bor MDHning har bir mamlakatida boʻlgan shunga oʻxshash obʼyektlarni yoʻq qilish zarurligini tasdiqlaydi”, - deya xulosa qildi u.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada amalga oshirilayotgan harbiy biologik dasturi faktlarini fosh qilishgan edi. U yerda 30 dan ziyod biolaboratoriya tarmogʻi shakllantirilgan. AQSH ularni moliyalashtirish uchun 200 million dollardan ziyod mablagʻ sarflagan.
Keyin Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Chjao Litszyan Amerika hukumatidan Ukrainadagi harbiy biolaboratoriyalar faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlarni ochiqlashni talab qildi.
AQSH davlat kotibi oʻrinbosari Viktoriya Nuland Ukrainada biologik tadqiqotlar obʼyektlari mavjudligini tan oldi. Uning soʻzlariga koʻra, Kiyev va Vashington hozir u yerda toʻplangan materiallar Rossiya harbiylari qoʻliga tushishiga yoʻl qoʻymaslik ustida ish olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0