Yevropa sanksiyalar zararni kamaytirmoqchi, lekin bu oson bo‘lmayapti

© Sputnik / Yekaterina Solovyeva / Mediabankka o‘tishStroitelstvo gazoprovoda "Severniy potok-2" v Germanii
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Germanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2022
Obuna bo‘lish
Amerika va Yevropa rahbarlarining biri biridan baland tanqidlari va Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalari oqibatida neft narxi 1,5-2 baravar, gaz esa 15 baravar oshdi.
TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Energiya tashuvchilarni yetkazib berish sanksiyalar ostidan chiqarilgan, dedi 7-mart kuni Germaniya kansleri Olaf Shols.
Ehtimol ushbu qaror 7-mart kuni, gaz narxi ming kubometriga 3700 dollarga chiqqanidan so‘ng qabul qilingan. Bu gazning oldingi narxlariga nisbatan 15 baravar yuqori. Sholsdan so‘ng ushbu nuqtayi nazarni Niderland bosh vaziri Rutte ham ma’lum qildi.
Lekin ushbu urinishlar gaz narxini tushirmadi. G‘arb davlatlarining neft va gazga taaluqli bo‘lgan o‘rta muddatli embargolari ham saqlanib qolmoqda. Eslatib o‘tamiz, xalqaro vaziyat keskinlashganidan so‘ng Rossiya uchun neft va gaz bozorida vaziyat ancha o‘zgardi.
Neftning global narxlari darhol o‘sa boshladi. Bir vaqtning o‘zida Rossiya neftnining bir qismini barreliga 20 dollardan chegirma bilan sota boshladi. Sanksiyalar oqibatlari noma’lum bo‘lgan vaqtda kompaniyalar neftni qo‘shimcha daromadsiz sotishga rozi edilar. Bugungi kunga kelib, Yevropa rasmiylarining bayonotlaridan so‘ng ushbu chegirmalar kamaytirilishi kutilmoqda.
Lekin neft ta’minoti sohasida turli kutilmagan muammolar paydo bo‘lish ehtimoli yuqoriligicha qolmoqda. Rossiya global neft bozorning 7%ga yaqin ulushini ta’minlaydi. Rossiya neftini boshqasiga almashtirish ham oson emas. Ayniqsa Yevropaga quvurlar orqali yetkazib berilayotgan qismini. Bir qator logistika muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Xullas ehtimoliy sanksiyalar ostiga Rossiya neft eksportining 2-4% tushishi mumkin. Global iqtisod bunga chidashi mumkin, lekin narxlar albatta o‘sadi. Ayrim kompaniyalar (Shell) rossiya neftini xarid qilmaslikka boykot e’lon qildi.
Gaz bilan bog‘liq vaziyat mutlaq boshqacha. Ushbu yoqilg‘i to‘liq gaz quvurlari orqali yetkazib beriladi. Yamal suyultirilgan gazidan tashqari. Lekin u yerda ham ma’lum xavflar paydo bo‘lishi mumkin: Britaniya Yamal gaz tankeridan gazni qabul qilib olishdan voz kechdi. Yevropaning Rossiya gaziga muhtojligi 30-40%ni tashkil qiladi. Hatto o‘rtacha muddatlarda ham Rossiya gazini boshqasiga almashtirishning iloji bo‘lmaydi. Suyultirilgan gaz sektori rivojlanishiga qaramasdan, gaz bozori neft bozoriga qaraganda kichikligicha qolmoqda. So‘nggi oylarda “Gazprom” Yevropaga gaz yetkazib berish hajmini keskin kamaytirib kelmoqda. Ukraina orqali gaz o‘tkazish esa belgilangan hajmdan ikki marotaba kam amalga oshirilayotgan edi, lekin maxsus operatsiya boshlanishi bilan uning hajmi kuniga 109 million kubometrga yetdi. Undan tashqari "Gazprom" "Yamal — Yevropa" yo‘nalishi bo‘yicha hajmlarning yarmini zahiralashni boshladi. Buning fonida gaz narxi keskin oshdi.
Sabablari aniq: “Gazprom” so‘nggi oylarda uzoq vaqt davomida yetarli darajada kam gaz yekazib bermasligi - allaqachon bozorga umumiy ta’sir ko‘rsatdi. Omborlarda gaz taqchilligini yozda qoplanishi kutilgan edi, ammo hozir bunga ishonch yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, gaz omborlarini rejali to‘ldirish isitish mavsumi tugagandan so‘ng darhol boshlanadi. Qizig‘i shundaki, bu fonda Ukrainaning o‘zi gaz eksportiga taqiq qo‘ygan. Bu tranzitga taalluqli emas, lekin o‘z gazini Ukrainada saqlagan va kelajakda uni Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga sotishni rejalashtirgan savdogarlarga ta’sir qildi.
Ukraina gaz uzatish operatorining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat hali ham o‘z hududiga YeIdan kichik hajmlarda revers orqali gaz olmoqda. Bu sharoitda - neftning "ehtimoliy variantlari" bilan solishtirganda gazga jiddiy qaramlik mavjud. Rossiya rasmiylari kelajakda neftni va gaz bilan birga "jamlangan holda" yetkazib berish shartini qo‘yish haqida o‘ylashmoqda. Ya’ni, kelajakda neftsiz faqat gazning o‘zini sotib olish mumkin bo‘lmaydi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, tarixan gaz sotishdan tushgan valyuta tushumi neft va neft mahsulotlaridan tushgan valyuta tushumining qariyb 10%ini tashkil qilgan.
Ammo hozir neft narxi “norma”dan 1,5 -2 baravarga oshgan, gaz narxi esa 5-15 baravar qimmatlashgan. Bunday vaziyatda Rossiya uchun gaz daromadlari sezilarli bo‘lib bormoqda. Demak, avvallari gaz ko‘proq “siyosat”, neft esa “daromad” bo‘lgan bo‘lsa, hozir vaziyat o‘zgardi.
Nihoyat, bunday sharoitda qisman energetika bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir soha - o‘g‘itlar alohida ahamiyatga ega. Bu hajmi jihatidan unchalik ahamiyatli emas, ammo aniq sabablarga ko‘ra jahon iqtisodiyoti uchun yanada muhimroqdir. Bu sohada hozirgi beqarorliksiz ham, kotirovkalar oshib borayotgan edi. Misol uchun, so‘nggi ikki yil ichida diammoniy fosfat narxi uch barobar oshdi. Ma’lumki, o‘simliklar uchta asosiy makroelementga muhtoj: kaliy, fosfor va azot. Ammo ishlab chiqaruvchilar uchun ular orasida sezilarli farq bor. Kaliy va fosfor manbalari kimoviy ishlov berish yoki o‘zgartirishdan so‘ng tijorat o‘g‘itlariga aylanadigan minerallardir. Aksincha, azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish butunlay tabiiy gazga asoslangan bo‘lib, azotning o‘zi havodan olinadi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, ko‘pincha o‘g‘itlar aralashtiriladi. Masalan, fosforli o‘g‘itlar ko‘pincha azot bilan birga boradi - chunki tuzdagi fosfat anionini (masalan, yuqorida aytib o‘tilgan diammoniy fosfatda) ammoniy (azot) ko‘rinishidagi kation bilan muvozanatlash qulay. Shunga ko‘ra, azotli o‘g‘itlarning narxi gaz narxiga to‘liq mos keladi. Aytgancha, nisbat juda oddiy: bir tonna ammiak ishlab chiqarish uchun ming kubometr tabiiy gaz kerak bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, kuzda Yevropada ammiak va uning hosilalari narxi tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan tabiiy gaz narxlariga mos kelmagan o‘g‘it zavodlari yopilgan edi. Bunday sharoitda ushbu mahsulotni ishlab chiqarish shunchaki foydasiz edi.
Qanday bo‘lmasin, jahon o‘g‘itlari eksportining 15 % Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimiz barcha turdagi o‘g‘itlarni eksport qiladi. Kaliyli o‘g‘itlarda esa Rossiyaning o‘rni yanada katta: Rossiya, Kanada va Belorussiya (qiyoslanadigan ulushlarda) ushbu mahsulotning butun dunyo ishlab chiqarishining asosiy qismini tashkil qiladi. Aytgancha, Xitoy ham azotli va fosforli o‘g‘itlar eksportchisi hisoblanadi va kuzda u allaqachon eksport ta’minotini cheklagan, ammo kaliyli o‘g‘itlarni import qiladi. Qizig‘i shundaki, bir necha kun oldin Sanoat va savdo vazirligi rossiyalik ishlab chiqaruvchilarga xorijiy logistika kompaniyalari tomonidan yetkazib berish zanjirlarining uzilishi sababli o‘g‘itlarni eksport qilishni vaqtincha to‘xtatishni tavsiya qildi. Keyinchalik bu yangilik xorijiy logistika kompaniyalarini boshqa sohalarda barqaror hamkorlikka ko‘ndirishga urinish sifatida talqin qilindi. Ammo har qanday holatda, so‘nggi yillarda tanqis bo‘lgan o‘g‘itlar sektori neft bilan solishtirganda – ehtimoliy tanqislikka yanada sezgirroq.
Xulosa qilib aytganda, neft – bu qulay va erkin harkat harakat qilish imkoniyatidir, gaz – isitish, issiq suv va elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda sanoat korxonalarining ishlash vositasi. Ushbu sohalarda turli davlatlarda nisbat turlicha bo‘lishi mumkin, lekin Yevropada gazga bo‘lgan talab ushbu uchta sektor o‘rtasida taxminan teng taqsimlangan. O‘g‘itlar esa - oxir-oqibat oziq-ovqatga aylanadi.
Bizning ko‘rib chiqishimiz doirasidan tashqarida Rossiyani almashtirish qiyin bo‘lgan boshqa - nisbatan kichik sohalar ham bor. Misol uchun – nikel. So‘nggi ikki kun ichida nikel narxi 2,5 barobar oshdi (yil boshidan buyon esa to‘rt baravar). Dunyodagi nikelning 10% Rossiya hisobiga to‘g‘ri keladi.
Jahonda oziq-ovqat narxlari ham oshib bormoqda. Ya’ni, Rossiya valyuta tushumlari uchun ahamiyati kichik bo‘lgan sohalar bir vaqtning o‘zida jahon iqtisodiyoti uchun muhimroq bo‘lib chiqmoqda. Bunday vaziyatda neft sotib olishga ta’qiq kiritilganda – Rossiyaning bir necha javob chorasi bo‘lishi mumkin. Neftni biror talabgir tovarga qo‘shib sotish yoki ayrim mamlakatlar uchun defitsit tovarlar eksportini cheklab qo‘yish kabi ehtimoliy choralar qo‘llanilishi mumkin.
Shu o‘rinda bir obyektiv faktni tan olish kerak, Rossiya ham ko‘plab tovar va mahsulotlarga muhtoj. Ushbu mahsulotlarning hajmi tashqi savdo oborotida unchalik katta bo‘lmasa-da, iqtisod rivojlanishi va ayrim sohalar ishlashi uchun ularning ahamiyati katta. Yangi reallikda o‘zaro savo munosabatlari qurganda bularni ham hisobga olish kerak.
Yangiliklar lentasi
0