Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Kiyevning martda Donbassga hujum qilish rejasi toʻgʻrisidagi hujjatlarni qoʻlga kiritdi

© Sputnik / Sergey Averin / Fotobankka oʻtishSituatsiya na peredovoy v LNR
Situatsiya na peredovoy v LNR - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Maxsus harbiy operatsiya davomida davomida Rossiya harbiylari ixtiyoriga Ukraina Milliy gvardiyasi qoʻmondonligining maxfiy hujjatlari kelib tushdi.
TOSHKENT, 9 mar — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina tomonidan mart oyida Donbassdagi hujum operatsiyasiga tayyorgarlik koʻrilganini tasdiqlovchi maxfiy hujjatlarni qoʻlga kiritganini maʼlum qildi.
“Maxsus harbiy operatsiya davomida Rossiya harbiylari ixtiyoriga Ukraina Milliy gvardiyasi qoʻmondonligining maxfiy hujjatlari kelib tushdi. Bu hujjatlar Kiyev rejimi tomonidan 2022 yil mart oyida Donbassda hujum operatsiyasiga pinhona tayyorgarlikni tasdiqlaydi”, - dedi brifingda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya ixtiyoriga kelib tushgan hujjatda Ukraina Milliy gvardiyasi qoʻmondoni Nikolay Balanning 2022 yil 22 yanvardagi buyrugʻi bor. Unda zarba beruvchi guruhlardan birini Donbassdagi “birlashgan kuchlar operatsiyasi” hududida hujum harakatlari uchun tayyorlash rejasi batafsil bayon qilingan.
Konashenkov Ukraina hukumati fevral oyida Donbass masalasini kuch bilan hal qilish rejasi yoʻqligi va siyosiy-diplomatik choralarga sodiqligini bildirganini eslatdi.
“Ammo Ukraina Milliy gvardiyasining maxfiy jangovar hujjatlari asli bu bayonotlarning yolgʻon ekanini tasdiqlaydi”, - dedi u.
AQSH va NATOning Ukrainaning bu operatsiyasiga qay darajada jalb qilingani masalasi hozircha qorongʻuligicha qolmoqda. Biroq amerikalik va britaniyalik instruktorlar ayrim ukrain boʻlinmalariga “NATO standarti” tayyorgarlik dasturlari boʻyicha dars bergani maʼlum.

Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR rahbarlarining ular suverenitetini tan olishni soʻrab qilgan murojaatlariga javoban tegishli farmonlarga imzo chekdi. 24 fevral kuni esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Ushbu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmani yoʻq qilish va uni millatchilardan tozalash.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, Rossiya Qurolli kuchlari aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina hududidagi harbiy obʼyektlarni yoʻq qilmoqda, shaharlariga, tinch aholiga zarba berilgani yoʻq.
Yangiliklar lentasi
0