https://sputniknews-uz.com/20220310/barcha-davlat-organlarida-rahbarning-kamida-bitta-orinbosari-ayol-kishi-boladi-23239030.html
Barcha davlat organlarida rahbarning kamida bitta oʻrinbosari ayol kishi boʻladi
Barcha davlat organlarida rahbarning kamida bitta oʻrinbosari ayol kishi boʻladi
2024 yil 1 yanvarga barcha davlat organlari va tashkilotlari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining kamida 1 nafar oʻrinbosari xotin-qizlar orasi
2022-03-10T13:52+0500
2022-03-10T13:52+0500
2022-03-10T13:52+0500
jamiyat
ayollar
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/0a/23240050_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_635b4feed9a08791c1e4af81dd3d1905.jpg
TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. 2024 yil 1 yanvarga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlar xodimlari orasida xotin-qizlarning ulushi kamida 30 foizga yetkaziladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan "Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonda belgilangan.Agar tegishli tashkilotlarda rahbar ayol kishi boʻlib, unda faqat bir nafar oʻrinbosar boʻlsa, u holda bu talab majburiy hisoblanmaydi.Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash boʻyicha alohida oʻquv kurslari tashkil etiladi hamda har yili kamida 100 nafar xotin-qizlarni oʻqitiladi.Davlat xususiy sektorda ishlaydigan ayollarga homiladorlik nafaqasini qisman toʻlab beradiMaʼlumot oʻrnida, 1 mart kuni prezident raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida Shavkat Mirziyoyev "Ayollar ishlagan va rahbarlik qilgan joylarda tartib, adolat, halollik, madaniyat yuqori boʻlishi hech kimga sir emas. Shu bois, har bir vazirlik, davlat kompaniyasi, bank va boshqa idoralar bir-ikki yil ichida oʻz tizimidagi ayollarni rahbarlikka oʻqitib, kamida 1 nafar oʻrinbosarini ham ayollardan qoʻyadi", degan edi.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/0a/23240050_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_6fdf9bcd4ce7bfd19ddad9e85524f982.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
ayollar, oʻzbekiston
Barcha davlat organlarida rahbarning kamida bitta oʻrinbosari ayol kishi boʻladi
2024 yilgacha barcha davlat organlari rahbarlarining kamida bitta oʻrinbosari ayol kishi boʻladi. Bu prezident imzolagan yangi farmonda koʻzda tutilgan.
TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. 2024 yil 1 yanvarga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlar xodimlari orasida xotin-qizlarning ulushi kamida 30 foizga yetkaziladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan "Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonda
belgilangan. Xuddi shu sanaga qadar barcha davlat organlari va tashkilotlari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining kamida 1 nafar oʻrinbosari xotin-qizlar orasidan tayinlanadi.
Agar tegishli tashkilotlarda rahbar ayol kishi boʻlib, unda faqat bir nafar oʻrinbosar boʻlsa, u holda bu talab majburiy hisoblanmaydi.
Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash boʻyicha alohida oʻquv kurslari tashkil etiladi hamda har yili kamida 100 nafar xotin-qizlarni oʻqitiladi.
Maʼlumot oʻrnida, 1 mart kuni prezident raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida Shavkat Mirziyoyev "Ayollar ishlagan va rahbarlik qilgan joylarda tartib, adolat, halollik, madaniyat yuqori boʻlishi hech kimga sir emas. Shu bois, har bir vazirlik, davlat kompaniyasi, bank va boshqa idoralar bir-ikki yil ichida oʻz tizimidagi ayollarni rahbarlikka oʻqitib, kamida 1 nafar oʻrinbosarini ham ayollardan qoʻyadi", degan edi.