Ko‘plab hududlarda sel kelish xavfi bor – ro‘yxat

© PixabaySelevoy potok
Selevoy potok  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2022
Obuna bo‘lish
11-15 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘adi. Buning natijasida ko‘plab hududlarda sel kelishi xavfi bor.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. 11-15 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi bor. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Xususan,
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor, Koson tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarkand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod, Zafarabod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Yuqori-Chirchiq, Piskent tumanlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Ferg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Ulug‘nor tumanlarida sel kelishi xavfi e’lon qilinadi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0