Jamiyat

Kuchli yomgʻir yogʻib, shamol kuchayishi kutilmoqda

© pixabay.com/Ri_YaDojd-kapli-dojdya-kapli-steklo
Dojd-kapli-dojdya-kapli-steklo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzgidromet 10-16 mart kunlari kutilayotgan ob-havo haqida shoshilinch axborot tarqatdi.
TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. 10-16 mart kunlari Oʻzbekiston hududiga Erondan iliq va nam havo, soʻngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar bermoqda.
11-16 mart kunlari respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
11 mart kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi.
12 mart kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi.
13 mart kuniToshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi.
14 mart kuni Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi.
15-16 mart kunlari Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi.
Respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi.
10-16 mart kunlari respublikaning ayrim joylarida shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan:
10 mart va 13-16 mart kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Xorazm viloyatida 17-22 m/s gacha;
11-12 mart va 15-16 mart kunlari Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, momaqaldiroq paytida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Biroz avval 11-15 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel kelish xavfi borligi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0