O‘zbekistonda 10-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

© Pixabay.com/ falcoUzbekistan Tashkent
Uzbekistan Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2022
Obuna bo‘lish
"O‘zgidromet" 10-mart uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. 10 mart kunduz kuni respublikaning asosiy hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar qildi “O‘zgidromet”.
Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 16-21 daraja iliqqacha isiydi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-19 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0