https://oz.sputniknews-uz.com/20220310/ozbekistonda-tropik-bulutlar-va-kuchli-yomgir-oqibatlari-foto-video-23232924.html
Oʻzbekistonda tropik bulutlar va kuchli yomgʻir oqibatlari– foto, video
Oʻzbekistonda tropik bulutlar va kuchli yomgʻir oqibatlari– foto, video
Oʻzbekistonda 9mart kuni gʻayrioddiy tabiat hodisasi - tropik bulutlar kuzatildi. Bulutlar bilan birga kuchli yomgʻir, doʻl va kuchli shamol ham kuzatildi. 10.03.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-03-10T10:20+0500
2022-03-10T10:20+0500
2022-03-10T10:22+0500
jamiyat
ob-havo
yomgʻir
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/0a/23233357_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_55916127742b2f3b707d45a0e89b0fae.jpg
TOSHKENT, 10 mar - Sputnik. Kecha 9 mart kuni Qashqadaryo viloyati hududida nam havoga oʻta toʻyingan quyuq bulutlar kuzatildi. Odatda bunday bulutlar tropik mamlakatlarda uchraydi deb xabar qilmoqda Uzb_Meteo telegram kanali.Ushbu bulutlardan soʻng Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarining ayrim hududlarida kuchli yomgʻir yogʻib oʻtdi. ayrim hududlarda esa doʻl yogʻdi.Telegram kanal mutaxassislari xulosasiga koʻra, bu kabi bulutlarning quyi chegarasi yer sirtiga juda yaqin joylashgan va yashin tushish xususiyatiga ega. Shu sababli fuqarolarga ochiq dalada boʻlish, ochiq havoda uyali telefondan foydalanish tavsiya etilmaydi.Afsuski, ushbu qalin bulutlar tufayli baxtsiz hodisa ham sodir boʻldi. Soat 11:45da Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Otkamar” MFYda noqulay ob-havo sharoiti natijasida 3 nafar fuqaroni yashin urgan. Ulardan biri vafot etgan, ikki nafari jarohat olgan.Kuchli yomgʻir oqibatida ayrim shaharlar koʻchalarini suv bosgan. Xususan ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent va Andijonda suv bosgani aks etgan videolar tarqaldi.Undan tashqari Andijonda kuchli shamol yangi qurilayotgan uyning tom qoplamasini uchirib ketgan.Toshkentning Sergeli va Mirzo Ulugʻbek tumanlarida elektr taʼminotida uzilishlar boʻlgani aytilmoqda.Oʻzgidromet meteorologik stantsiyalari maʼlumotiga koʻra, eng koʻp yogʻin Navoiy viloyati Nurota kuzatuv satntsiyasida qayd etilgan. Chorak sutkada stantsiya yomgʻir oʻlchagich asbobiga 28 mm yogʻin tushdi. Undan tashqari, kunduz kuni 08:00 dan 20:00 gacha Buxoro viloyati Qorakoʻlida 23 mm, Qarshi shahrida 9 mm, Toshkent shahrida 8 mm, Andijon shahrida esa 7 mm yogʻin yogʻgan.Bugun yomgʻirli havo hamda shamol respublikaning shimoliy hududlari tomon harakatlanmoqda. Xususan Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyati hududlarida, tushdan soʻng Buxoro va Navoiy viloyati ayrim hududlarida yogʻingarchilik kutiladi.Harorat koʻtarila boshlaydi. Ayrim hududlarda(yuqori ehtimol Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari) kuchli shamollar boʻlishi mumkin.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/0a/23233357_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_deeb697b95aaf8674749d04cc585f9cf.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
ob-havo, yomgʻir
Oʻzbekistonda tropik bulutlar va kuchli yomgʻir oqibatlari– foto, video
10:20 10.03.2022 (yangilandi: 10:22 10.03.2022) Oʻzbekistonda 9mart kuni gʻayrioddiy tabiat hodisasi - tropik bulutlar kuzatildi. Bulutlar bilan birga kuchli yomgʻir, doʻl va kuchli shamol ham kuzatildi.
TOSHKENT, 10 mar - Sputnik. Kecha 9 mart kuni Qashqadaryo viloyati hududida nam havoga oʻta toʻyingan quyuq bulutlar kuzatildi. Odatda bunday bulutlar tropik mamlakatlarda uchraydi deb xabar qilmoqda Uzb_Meteo telegram
kanali. Ushbu bulutlardan soʻng Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarining ayrim hududlarida kuchli yomgʻir yogʻib oʻtdi. ayrim hududlarda esa doʻl yogʻdi.
Telegram kanal mutaxassislari xulosasiga koʻra, bu kabi bulutlarning quyi chegarasi yer sirtiga juda yaqin joylashgan va yashin tushish xususiyatiga ega. Shu sababli fuqarolarga ochiq dalada boʻlish, ochiq havoda uyali telefondan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Afsuski, ushbu qalin bulutlar tufayli baxtsiz hodisa ham sodir boʻldi. Soat 11:45da Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Otkamar” MFYda noqulay ob-havo sharoiti natijasida 3 nafar fuqaroni yashin urgan. Ulardan biri vafot etgan, ikki nafari jarohat olgan.
Kuchli yomgʻir oqibatida ayrim shaharlar koʻchalarini suv bosgan. Xususan ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent va Andijonda suv bosgani aks etgan videolar tarqaldi.
Undan tashqari Andijonda kuchli shamol yangi qurilayotgan uyning tom qoplamasini uchirib ketgan.
Toshkentning Sergeli va Mirzo Ulugʻbek tumanlarida elektr taʼminotida uzilishlar boʻlgani aytilmoqda.
Oʻzgidromet meteorologik stantsiyalari maʼlumotiga koʻra, eng koʻp yogʻin Navoiy viloyati Nurota kuzatuv satntsiyasida qayd etilgan. Chorak sutkada stantsiya yomgʻir oʻlchagich asbobiga 28 mm yogʻin tushdi. Undan tashqari, kunduz kuni 08:00 dan 20:00 gacha Buxoro viloyati Qorakoʻlida 23 mm, Qarshi shahrida 9 mm, Toshkent shahrida 8 mm, Andijon shahrida esa 7 mm yogʻin yogʻgan.
Bugun yomgʻirli havo hamda shamol respublikaning shimoliy hududlari tomon harakatlanmoqda. Xususan Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyati hududlarida, tushdan soʻng Buxoro va Navoiy viloyati ayrim hududlarida yogʻingarchilik kutiladi.
Harorat koʻtarila boshlaydi. Ayrim hududlarda(yuqori ehtimol Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari) kuchli shamollar boʻlishi mumkin.