Dunyoda

Pandemiya hali tugamaydi – JSST

Koronavirus - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2020 yilning 11 mart kuni JSST tomonidan dunyoda koronavirus pandemiyasi boshlangani rasman eʼlon qilingan edi.
TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. Hozir dunyo boʻylab kasallanish va oʻlim holatlari kamayib borayotgan boʻlsa-da, pandemiya hali tugamaydi. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari matbuot anjumanida maʼlum qildi.
2020 yilning 11 mart kuni tashkilot dunyoda koronavirus pandemiyasi boshlangani rasman eʼlon qilgan edi. Oradan ikki yil oʻtib koronavirusdan 6 milliondan ziyod odam vafot etgan.

“Bu biz uchun juda katta yoʻqotish, hozir dunyo boʻylab kasallanish va oʻlim holatlari kamayib borayotgan boʻlsa-da, pandemiya hali tugamaydi. Chunki buning uchun u yer yuzining barcha nuqtalarida birdek yakunlanishi kerak” - dedi JSST rahbari.

Shu yilning yanvar oyi boshida kiprlik olimlar tomonidan “delta” va “omikron” shtammlari xususiyatlarini oʻzida mujassam etgan yangi “deltakron” mutatsiyasi aniqlangandi. Ammo yaqin-yaqingacha JSST mazkur shtammning mavjudligini shubha ostiga olib kelindi.
Kecha esa tashkilotning favqulodda vaziyatlar boʻlimi texnik guruhi rahbari Mariya van Kerxove Jenevada boʻlib oʻtgan navbatdagi brifingda “deltakron” Yevropada paydo boʻlganini rasman maʼlum qildi. Bayonotda keltirilishicha, mazkur mutatsiya turi Frantsiya, Niderlandiya va Daniyada aniqlandi. Lekin hozircha juda kam.
Pandemiya boshlangandan buyon dunyoda qariyb 452 million kishi COVID-19 infektsiyasi bilan kasallangan. Shuningdek, infektsiyaning oldini olish maqsadida jami 11 milliard dozaga yaqin vaktsina qoʻllanilgan.
Eslatib oʻtamiz, Gebreyesus oʻtgan yili dekabr oyida 2022 yil COVID pandemiyasining oxirgi yili boʻlishi mumkinligini aytgan edi. U bu taxminni ikkinchi va uchinchi avlod vaktsinalarining ishlab chiqilishi, mikroblarga qarshi dori vositalarining yanada rivojlantirilishi va boshqa innovatsiyalar bilan bogʻlagan.
Yangiliklar lentasi
0