Qozon va Novosibirskka qo‘shimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi

© Press-slujba aviakompanii UzAirwaysSamolet Airbus-320neo aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolet Airbus-320neo aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent—Qozon yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha parvozlar 13, 16, 20 va 23-mart kunlari tashkil etiladi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Toshkent shahridan Rossiyaning Qozon va Novosibirsk shaharlariga qo‘shimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, bu reyslar yo‘lovchilar orasida talab ortgani sabab yo‘lga qo‘yilmoqda.
Toshkent—Qozon yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha parvozlar 13, 16, 20 va 23-mart kunlari tashkil etiladi. Toshkent—Novosibirsk yo‘nalishi bo‘yicha reyslar esa 15 va 22-mart kunlari bajariladi.
Avvalroq aviakompaniya Toshkent-Yekaterinburg, Toshkent-Moskva, Toshkent-Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha ham qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ygan edi.
Yangiliklar lentasi
0