https://oz.sputniknews-uz.com/20220310/stressdan-qanday-xalos-bolish-mumkin-ruhshunosdan-beshta-oddiy-tavsiya-23225848.html
Stressdan qanday xalos boʻlish mumkin? Ruhshunosdan beshta oddiy tavsiya
Stressdan qanday xalos boʻlish mumkin? Ruhshunosdan beshta oddiy tavsiya
Ruhshunos, munosabatlar psixologiyasi boʻyicha kitob muallifi Yelizaveta Filonenko qaysi odatlar stressdan xalos qilishini maʼlum qildi
2022-03-10T06:17+0500
2022-03-10T06:17+0500
2022-03-10T06:17+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/09/23225512_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_10c6b91c290a272162c2c92d2ec387d7.jpg
Ruhshunos, munosabatlar psixologiyasi boʻyicha kitob muallifi Yelizaveta Filonenko qaysi odatlar stressdan xalos qilishini maʼlum qildi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.Kunni qanday qarshi olsangiz, shunday oʻtkazasizRuxshunos tongni qarshi olishga koʻproq eʼtibor qaratishni tavsiya qildi. Uning soʻzlariga koʻra, uygʻongandan soʻng dastlabki bir-necha daqiqalar kunning qanday oʻtishini belgilab berishi mumkin. Rejalashtirish, mazali nonushta, jismoniy faollik kun davomida yaxshi kayfiyatni saqlashga yordam beradi.“Tongga eʼtibor qaratishga harakat qiling. Maqsadlar qoʻyish, meditatsiya, jismoniy mashqlar uchun vaqt ajrating, yon daftarchangizga yozib boring. Tong- butun kun uchun kayfiyatni belgilovchi qimmatli vaqt”, - deydi Filonenko.Reja qilingHaddan tashqari koʻp ish - stress pado boʻlishi sababi, bundan hissiy charchoq yoki tushkunlik kelib chiqadi. Bu holatlarga tushmaslik uchun ruxshunos barcha ishlarni imkoniyatlar, quvvat va vaqtni hisobga olib rejalashtirishni maslahat beradi.Internetga kamroq vaqt ajratingHar kuni miyamiz juda koʻp miqdorda axborot qabul qiladi, ishlab chiqaradi. Doimiy ish va internetda “suzish” ham stressni keltirib chiqaradi va nafaqat hissiy va balki jismoniy charchoqlarga ham sabab boʻladi. Bundan tashqari, vaqtni toʻgʻri taqsimlash uchun uni foyda bilan oʻtkazishga harakat qilish lozim.“Vaqtingizdan toʻgʻri foydalaning- internetda oʻtkazayotgan befoyda vaqtingizni nazorat qiling. Yoshi kattalar taxminan 6-8 soatini internetda oʻtkazadi. Bu vaqtni siz dam olish yoki foydali ishlarga sarf qilishingiz mumkin”.Sifatli dam olingRuxshunosning soʻzlariga koʻra, odamlar qancha ishlaganidan emas, qanday dam olishganidan charchashadi.“Ijtimoiy tarmoqlarda vaqt oʻtkazish, alkogol ichimliklari, videooʻyinlar- natijada baribir charchatadigan dam olish turlariga kiradi”, - deydi ruhshunos.Boʻsh vaqtda toʻyib uxlash, sayr qilish, doʻstlar bilan uchrashish yoki shunchaki kitob oʻqish yaxshi natija beradi. Salomatlik uchun toʻgʻri dam olishning bir qancha turlari bor. Ammo eng asosiysi- uyquni nazorat qilish.Harakatda boʻlingStressga chidamlilikni oshiradigan yana bir odatlardan biri – shubhasiz, jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishdir."Bugungi kunda sport ruhiy salomatlikning ajralmas qismi va stressga chidamlilikning ajralmas omilidir. Tanangiz faqat kompyuter monitoriga tikilish va stulda oʻtirish uchun moʻljallanmagan. Stressni bartaraf qilish uchun ruhiy va jismoniy stressni kunlik harakatlar muhim. Jadvalingizga jismoniy mashqlarni kiriting va shunda baxtliroq boʻlasiz!" - deydi mutaxassis.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/09/23225512_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_1188b47454f4558df3b46d45fe73b048.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shifokorlar tavsiyasi
Stressdan qanday xalos boʻlish mumkin? Ruhshunosdan beshta oddiy tavsiya
Ruxshunos Filonenko: oddiy kunlik odatlar ham stress xalos boʻlishga yordam beradi
Ruhshunos, munosabatlar psixologiyasi boʻyicha kitob muallifi Yelizaveta Filonenko qaysi odatlar stressdan xalos qilishini maʼlum qildi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.
Kunni qanday qarshi olsangiz, shunday oʻtkazasiz
Ruxshunos tongni qarshi olishga koʻproq eʼtibor qaratishni tavsiya qildi. Uning soʻzlariga koʻra, uygʻongandan soʻng dastlabki bir-necha daqiqalar kunning qanday oʻtishini belgilab berishi mumkin. Rejalashtirish, mazali nonushta, jismoniy faollik kun davomida yaxshi kayfiyatni saqlashga yordam beradi.
“Tongga eʼtibor qaratishga harakat qiling. Maqsadlar qoʻyish, meditatsiya, jismoniy mashqlar uchun vaqt ajrating, yon daftarchangizga yozib boring. Tong- butun kun uchun kayfiyatni belgilovchi qimmatli vaqt”, - deydi Filonenko.
Reja qiling
Haddan tashqari koʻp ish - stress pado boʻlishi sababi, bundan hissiy charchoq yoki tushkunlik kelib chiqadi. Bu holatlarga tushmaslik uchun ruxshunos barcha ishlarni imkoniyatlar, quvvat va vaqtni hisobga olib rejalashtirishni maslahat beradi.
Internetga kamroq vaqt ajrating
Har kuni miyamiz juda koʻp miqdorda axborot qabul qiladi, ishlab chiqaradi. Doimiy ish va internetda “suzish” ham stressni keltirib chiqaradi va nafaqat hissiy va balki jismoniy charchoqlarga ham sabab boʻladi. Bundan tashqari, vaqtni toʻgʻri taqsimlash uchun uni foyda bilan oʻtkazishga harakat qilish lozim.
“Vaqtingizdan toʻgʻri foydalaning- internetda oʻtkazayotgan befoyda vaqtingizni nazorat qiling. Yoshi kattalar taxminan 6-8 soatini internetda oʻtkazadi. Bu vaqtni siz dam olish yoki foydali ishlarga sarf qilishingiz mumkin”.
Sifatli dam oling
Ruxshunosning soʻzlariga koʻra, odamlar qancha ishlaganidan emas, qanday dam olishganidan charchashadi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda vaqt oʻtkazish, alkogol ichimliklari, videooʻyinlar- natijada baribir charchatadigan dam olish turlariga kiradi”, - deydi ruhshunos.
Boʻsh vaqtda toʻyib uxlash, sayr qilish, doʻstlar bilan uchrashish yoki shunchaki kitob oʻqish yaxshi natija beradi. Salomatlik uchun toʻgʻri dam olishning bir qancha turlari bor. Ammo eng asosiysi- uyquni nazorat qilish.
Harakatda boʻling
Stressga chidamlilikni oshiradigan yana bir odatlardan biri – shubhasiz, jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishdir.
"Bugungi kunda sport ruhiy salomatlikning ajralmas qismi va stressga chidamlilikning ajralmas omilidir. Tanangiz faqat kompyuter monitoriga tikilish va stulda oʻtirish uchun moʻljallanmagan. Stressni bartaraf qilish uchun ruhiy va jismoniy stressni kunlik harakatlar muhim. Jadvalingizga jismoniy mashqlarni kiriting va shunda baxtliroq boʻlasiz!" - deydi mutaxassis.