AQSh Ukrainadagi biolaboratoriyalar yordamida hujum tayyorlamoqda - Onishenko

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishGennadiy Onishenko, arxivnoe foto
Gennadiy Onishenko, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2022
Obuna bo‘lish
AQSh Ukrainada 15ga yaqin biologik laboratoriya tashkil qilgan va ularda Rossiyaga qarshi ko‘rinmas biologik kurash olib borish mexanizmlarini ishlab chiqqan.
AQSh Davlat kotibining o‘rinbosari Viktoriya Nulandning Ukrainadagi Amerika biologik laboratoriyalarini tan olinishi va bayonoti Rossiyaga qarshi biologik teraktlar boshlanishi uchun signal bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi professor Gennadiy Onishenko.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish jarayonida mamlakat hududida AQShning o‘ndan ortiq biologik laboratoriyalari faoliyat yuritganini aniqlaganidan so‘ng, amerikaliklar ularning mavjudligini tan olishdi va bir vaqtning o‘zida harbiy operatsiya oqibatlari uchun javobgarlikni o‘z rossiyaga yuklashga shoshilishdi. Bu Rossiyaga qarshi biologik terrorchilik harakatlari boshlanishi uchun signal bo‘lishi mumkin, dedi tibbiyot fanlari doktori, professor Gennadiy Onishenko Sputnik bilan bo‘lgan suhbatda.
“Biologik qurollarni yaratish bo‘yicha barcha ishlar AQSh Mudofaa vazirligiga bo‘ysunuvchi va uning budjetidan moliyalashtiriladigan - Mudofaa tahdidlarini kamaytirish agentligi tomondiag aamalga oshiriladi. U hech qanday tinch maqsadlarni ko‘zlamaydi. Laboratoriyalarning ikki xil turi mavjud: 1. sobiq SSSRning SSV, qishloq xo‘jaligi, mikrobiologiya va virusologiya sohalarida ishlagan ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari. 2. Noldan qurilgan o‘ta zamonaviy yangi obyektlar", - deydi mutaxassis.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 10-yildan ko‘proq vaqt oldin Rossiya sobiq ittifoq respublikalari – Gruziya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Ukrainada qurilgan laboratoriyalar masalasini jiddiy ko‘targan, ularning Rossiya chegaralarida bo‘lishi zarurligini muhokama qilishga uringan. Ammo amerikaliklar Rossiya bilan hisob-kitob qilishni xohlamadilar. Ushbu laboratoriyalarning barcha xodimlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQSh armiyasiga bo‘ysunadilar. U yerda hech qanday tinchlik maqsadlari, shifokorlar, ular joylashgan mamlakatlar bolalariga g‘amxo‘rlik qilish haqida gap yo‘q. Rossiya bu haqida tez-tez eslatib turibdi.
“Men Ukraina hududida 15 ga yaqin shunday laboratoriyalarni bilaman. Bular asosan bizning sobiq laboratoriyalarimiz, balki yangi qurilganlari ham bor. Yorqin misollardan biri – SSSR 1980-yilda Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotganda, biz yangi infeksiyalar paydo bo‘lishining oldini olish, o‘sha paytda bizga dengiz orqali kelgan yangi odamlarni tekshirish uchun Odessa portida katta laboratoriya binosini qurdik. Bu men ko‘p marotaba borgan 9 qavatli bino. Postsovet davrida esa, u joy baland devor bilan o‘rab olindi va ta’mirlandi. Hatto Ukraina bosh vaziriga ham u yerda nima borligi aytilmagan”, deb tushuntiradi Onishenko.
Ukraina hududida o‘rganilgan viruslar, mikroorganizmlar, ehtimol, o‘zgartirilgan, ularning virulentligi va patogenligi kuchaygan, deb hisoblaydi suhbatdosh. Agar to‘satdan mamlakatimiz hududida bunday infeksiya paydo bo‘lsa, u “asl” dan ko‘ra xavfliroq bo‘ladi, uni davolash mumkin bo‘lmaydi, u yanada intensiv tarqaladi.
Gennadiy Onishenko aytishiga ko‘ra, insoniyat yaqinda duch kelgan koronavirusning kelib chiqishi laboratoriya bo‘lgan va bunga AQSh biologik laboratoriyalari ham jalb qilingan bo‘lishi mumkin. Ushbu virus tabiiy o‘choqli infeksiyalarga tegishli bo‘lib, u ilgari Xitoyda yoki bizning mamlakatimizda mavjud bo‘lgan, ammo u hech qanday tarzda odamga tegmagan. "Bu odatda ko‘rshapalaklar va ehtimol kichik sutemizuvchilarda ko‘payadigan infeksiya edi. Lekin u to‘satdan turlararo to‘siqni yengib o‘tib odamga yuqdi". Uning sun’iy kelib chiqishini isbotlash mumkin, ammo buning uchun laboratoriyalar ustidan nazorat qilish mexanizmi kerak.
“Albatta, olimlar aniqlab isbotlab berishlari mumkin, lekin huquqiy sohada da’vo qilishning iloji bo‘lmaydi, chunki “Bakteriologik (biologik) va toksinli qurollarni yaratish, ishlab chiqarish va to‘plashni taqiqlash hamda ularni yo‘q qilish to‘g‘risidagi konvensiya; 1972-yilda qabul qilingan bo‘lsada, hozirgacha tan olingan nazorat qilish mexanizmiga ega emas”, - deb tushuntiradi Onishenko.
Biologik qurollar ustidan nazorat o‘rnatish mexanizmi 2001-yilda, samolyotlar Jahon savdo markazining egizak minoralariga zarba berganidan so‘ng, ishlab chiqilgan edi. Lekin oradan bir hafta o‘tib – 2001-yil 18-sentabrda Amerikada odamlar, aksariyat jurnalistlar xavfli kasallikdan to‘satdan o‘la boshladi.
“O‘shanda AQSh Kongressi komissiya tuzgan edi va jurnalistlar kuydirgi (sibirskaya yazva) virusi keltirib chiqargan pnevmoniya oqibatida qurbon bo‘lgani aniqlandi. Virus esa hujumkor dasturlar bilan shug‘ullanuvchi Fort-Detrikdagi yuqumli kasalliklar harbiy tibbiy tadqiqot institutidan chiqqani isbotlandi. Ular Afg‘onistonga kirib olish uchun 11-sentabrdagi hujumni uyushtirganlar. Natijada ular darhol Afg‘oniston ichiga kirib olishdi. Rossiya ham o‘z hududi ustidan ularning harbiy samolyotlari uchib o‘tishga ruxsat berdi", - deb so‘zini davom etadi epidemiolog.
Ulyanovskda Afg‘onistonga tranzit qilish uchun harbiy baza yaratildi. O‘zbekistonda sobiq SSSRning harbiy aerodromlaridan foydalanildi. Hatto Qirg‘izistondagi fuqaro aeroporti ham Amerika harbiy samolyotlari uchun foydalanildi. Bularning barchasi amerikaliklar o‘z xalqiga nisbatan uyushtirgan terrorchilik hujumining oqibatlari edi, deydi Onishenko. Lekin baribir ularning biologik laboratoriyalari ustidan hech kim nazorat o‘rnata olmadi.
Ukrainada yaratilgan potensial haqiqiy xavf tug‘dirishiga shifokorning ishonchi komil.
- Amerikalik mikrobiologlar Rossiyaga qarshi gibrid hujum sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan retseptlar ishlab chiqqan. Bu “biologik terrorchilik harakati bo‘lishi mumkin, u darhol axborot-terror hujumi bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Umuman biz ikki yildan buyon jahon hamjamiyatining ruhiyatiga ta’sir qiluvchi qo‘rqitish, obro‘sizlantirish, beqaror vaziyatlarni yaratishga qaratilgan harakatlarning guvohi bo‘lmoqdamiz”.
“Xudo ko‘rsatmasin, Ukrainadagi laboratoriyalarning yaxlitligi buzilsa. Bu ishni amerikaliklarning o‘zi ham qilishi mumkin. Ular allaqachon bu hujumga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Nuland AQSh Mudofaa vazirligi yozib bergan matnga asoslanib bu haqda gapirdi. Biolaboratoriya buzilishi - bu Ukraina aholisi va biz uchun haqiqiy tahdiddir. Bunday hujumni nafaqat chegaradosh hududlarda, balkim yashirincha istalgan joyda amalga oshirilishi mumkin. Biologik huju darhol o‘zini namoyon qilmaydi", deydi hisoblaydi Onishenko.
“Ukraina hukumati o‘z mamlakati hududida AQSh harbiy biologik laboratoriyalarini yaratishga ruxsat berish bilan - o‘z xalqiga qarshi jinoyat sodir etdi. Buning uchun ular o‘z xalqi oldida javob berishlari kerak. Shuning uchun bugun biz Ukrainadagi har bir laboratoriyani o‘z nazoratimizga olishga e’tibor qaratishimiz kerak, qolganini esa bizning mutaxassislarimiz hal qiladi”, — deya ishonch bildiradi Gennadiy Onishenko.
Epidemiolog bilan to‘liq intervyuni rus tilida quyida tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0