Jamiyat

Oʻzbekistonda majburiy va bolalar mehnati yoʻq - Narbayeva

 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Paxta terimida majburiy va bolalar mehnatini yengishda biz mexanizatsiyalashtirish hamda mehnat haqini oshirish evaziga erishdik - Narbayeva.
TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda bugungi kunda bolalar va majburiy mehnat yoʻq, dedi Senat raisi Tanzila Narbayeva.
Senat raisi ushbu fikrlarni payshanba kuni boʻlib oʻtgan odam savdosi hamda paxtachilik sohasida majburiy mehnatga qarshi tadbirda maʼlum qildi.
"Men shuni ishonch bilan aytamanki, bugun Oʻzbekiston tizimli bolalar mehnati yoʻq qilingan davlatga aylandi", - dedi Narbayeva.
Narbayeva aytishoʻiga koʻra, paxta terimida majburiy va bolalar mehnatini yengish - mexanizatsiyalashtirish hamda mehnat haqini oshirish evaziga erishilgan.
Shuningdek, senat raisi yaqin 3 yil davomida Oʻzbekistonga olib kelinayotgan kombaynlar va ularning ehtiyot qismlari bojxona toʻlovlaridan ozod qilinishini hamda soʻnggi 6 yil ichida paxta terimi uchun toʻlov 10 baravar oshganini qayd etdi.
"Biz paxta terimini mexanizatsiyalashtirishni davom ettiramiz. Bunday choralar oʻtgan yillar davomida majburiy mehnatni kamaytirishga katta hissa qoʻshdi", — dedi Narbayeva.
Shu bilan birga Senat raisi majburiy mehnatga jalb qilish holatlari kamdan-kam uchrab turayotganini ham aytib oʻtdi va ularni butunlay yoʻq qilish uchun fuqarolik jamiyatlari vakillari jalb qilinayotganini maʼlum qildi.
Maʼlumot uchun, 10 mart kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida "Cotton Campaign" xalqaro koalitsiyasi vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda, Oʻzbekiston paxtasiga 2009 yilda eʼlon qilingan boykot bekor qilinganini maʼlum qilgan edi. Ushbu qaror 2021 yilda Oʻzbekistonda paxta yigʻim terimida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilmagani munosabati bilan qabul qilingan.
Yangiliklar lentasi
0