Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Qaysi dori ko‘pincha allergiyaga sabab bo‘ladi - shifokor javobi

© Unsplash / Volodymyr HryshchenkoMujchina derjit lekarstvo
Mujchina derjit lekarstvo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2022
Obuna bo‘lish
Ko‘pincha bakteriyalarga qarshi dorilar, masalan, penitsillin yoki aminoglikozid guruhlari preparatlari allergiya qo‘zg‘atadi - shifokor.
TOShKENT, 11 mar - Sputnik. Qaysi preparatlar odatda allergiya chaqiradi va nima uchun buni oldindan bilib bo‘lmaydi? Shifokor allergolog va immunolog Anna Maksimova Sputnik radiosiga bu borada tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
“Allergiya, ya’ni immunitet tizimining ma’lum moddalarga noodatiy reaksiyasi turli xil bezovta qiluvchi xususiyati bor moddalardan kelib chiqishi mumkin: oziq-ovqat, kosmetika, chang, hayvon junlari, o‘simlik changgi, dori-darmonlar. U yoki bu dorining nomaqbul reaksiyaga olib kelishini oldindan aytish qiyin”,- deydi tibbiyot fanlari nomzodi, allergolog-immunolog Anna Maksimova.
“Dori allergiyasi bilan bog‘liq asosiy qiyinchilik tashxisda, chunki bu dori har qanday nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi haqida mutlaq ishonch bilan ta’kidlangan, aniq dalillarga asoslangan usullar yo‘q",- deydi mutaxassis.
Shifokorning ta’kidlashicha, ambulatoriya sharoitida qo‘llaniladigan an’anaviy testlar faqat o‘tkir, hayot uchun xavfli bo‘lgan allergik reaksiyalarning oldini oladi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, dorilar qo‘zg‘atgan reaksiyalar terida toshmalar paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi.
“Ko‘pincha dori vositalariga allergik ta’sirchanlik reaksiyalarning to‘rtinchi turi, ya’ni hayot uchun xavfli bo‘lmagan, biroq sifatini sezilarli darajada pasayishiga olib keladigan kechikuvchi turdagi o‘ta sezgirlik bilan rivojlanadi. Bular toshmalarning barcha turlarini keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, reaksiya darhol paydo bo‘lmasligi yoki dorini iste’mol qilish muddati tugagandan so‘ng paydo bo‘lishi mumkin”, - deydi Anna Maksimova.
Shuningdek, shifokor odatda allergiya qo‘zg‘atadigan preparatlar turlarini ma’lum qildi.
“Ko‘pincha bakteriyalarga qarshi dorilar, masalan, penitsillin yoki aminoglikozid guruhlari preparatlari allergiya qo‘zg‘atadi. Aspirin, ibuprofen kabi steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi dorilar ham nomaqbul ta’sirlar keltirib chiqarishi mumkin. Odatda tish shifokorlari ko‘p ishlatadigan mahalliy ishlab chiqarilgan anestezikalar o‘tkir allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi etimoli bor. Ammo mahalliy anestezikaga nisbatan, yuqori sezuvchanlikni aniqlash uchun ambulatoriya testlaridan o‘tish mumkin. Viruslarga qarshi preparatlar tarkibida, faol moddaga qo‘shimcha ravishda, makkajo‘xori yoki kartoshka kraxmali, oziq-ovqat bo‘yoqlari kabi qo‘shimchalar bo‘ladi. Va ushbu qo‘shimchalar allaqachon allergiya mavjud bo‘lgan insonlarda nomaqbul ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin”, — deydi mutaxassis.
Shifokor turli dorilarni xarid qilishdan oldin yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqishni va agar nomaqbul ta’sirlar kuzatilsa, mutaxassisga murojaat qilishni tavsiya qildi.
Yangiliklar lentasi
0