Rossiya

Rossiya 8ta davlatga aviaqatnovlar cheklovini bekor qildi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishSamolyotы
Samolyotы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojkiston, Turkmaniston, Eron va Oʻzbekistonga kiritilgan aviaqatnovlar cheklovlarini bekor qildi.
TOSHKENT, 11 mar - Sputnik. Rossiya sakkizta davlatga nisbatan kiritilgan aviaqatnovlar cheklovlarini bekor qiladi, deb xabar qilmoqda Rosaviatsiya.
"Rossiya Hukmati qarori asosida 2022 yilning 9 mart kuni Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojkiston, Turkmaniston, Eron va Oʻzbekistonga COVID-19 tarqalishini oldini olish maqsadida kiritilgan aviaqatnovlar cheklovlari bekor qilindi", - deyilga xabarda.
Parvozlar amal qilayotgan oʻzaro kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
Aviakompaniyalar doimiy va charter parvozlar amalga oshirganda Rossiya bosh sanitar shifokorining 2020 yil 18 mart kuni imzolangan 7 raqamli qaroriga amal qilishlari kerak, deyilgan Rosaviatsiya xabarida.
Yangiliklar lentasi
0