Iqtisod

Rossiya YEOII davlatlariga bugʻdoy va shakar eksportni vaqtincha cheklaydi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishPshenitsa
Pshenitsa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ushbu cheklovlar gʻalla mahsulotlarining uchinchi davlatlarga chiqib ketishining oldini oladi. YEOII davlatlarining gʻalla mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji esa - allaqachon ikki karra ortigʻi bilan bajarilgan.
TOSHKENT, 10 mar - Sputnik. Rossiya hukumatining maxsus komissiyasi YEOII davlatlariga bir qator gʻalla mahsulotlarning eksportiga cheklov kiritdi, deb xabar qilmoqda Iqtisodiy rivojlanish vazirligi.
Undan tashqari Rossiyadan uchinchi mamlakatlarga shakar va uning xom ashyosini eksport qilish taʼqiqlanadi. Ushbu ikkala cheklov choralar 31 avgustga qadar amal qiladi.
"Bu qarorlar murakkab sharoitda davlatning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga hamda ichki bozorni himoya qilishga qaratilgan. Bir vaqtning oʻzida YEOII davlatlari bilan hamkorlik qilish imkoniyati saqlanib qolinmoqda", - deyilgan vazirlik xabarida.
Gʻalla mahsulotlari cheklovlari bugʻdoy, javdar, arpa va makkajoʻxoriga va ularning aralashmalariga ham tegishli boʻladi. Lekin Savdo va sanoat vazirligi bergan litsenziyalar boʻyicha eksport saqlanib qoladi.
"Rossiya Qishloq xoʻjaligi vazirligi maʼlumotiga koʻra, ayni damda Rossiyaning bugʻdoy bilan taʼminlanish darajasi 150%dan ortiq. Vaqtinchalik taʼqiq Rossiyadan ortiqcha hajmda gʻalla mahsulotlari uchinchi davlatlarga chiqib ketishining oldini oladi. YEOII davlatlari ushbu mavsumda oʻzlari uchun kerakli hajmlarni sotib olib boʻlishdi", - deyiladi xabarda.
Shakar eksporti cheklovlarida YEOII davlatlari uchun istisnolar bor. Ular Rossiya Qishloq xoʻjaligi vazirligi ruxsatnomasiga asosan shakar import qilishlari mumkin boʻladi.
Undan tashqari 17 mart kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEEK) majlisida YEOII davlatlarida bir qator mahsulotlar uchun bojxona toʻlovlarini vaqtincha nolga tenglashtirish taklif qilinmoqda. Bunday mahsulotlar roʻyxatidan kartofel, piyoz, chesnok, karam, sabzi, kakao, meva pyuresi hamda yosh bolalar uchun moʻljallangan mahsulotlar, ona suti oʻrnini bosuvchi mahsulotlar bor.
Qishloq hoʻjaligi maʼlum qilishiga koʻra, bugungi kunda Rossiya oʻzining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qoplamoqda. Lekin global bozorlarda noaniqlik sharoitida RF oʻzini tashqi faktorlar taʼsiridan himoya qilishi kerak.
Shuni alohida taʼkidlashkerak-ki, Yevroosiyo iqtisodiy ittfoqi davlatlarining Rossiya bugʻdoyiga boʻlgan ehtiyoji 2021-2022 mavsum boshidan buyon ikki karra ortigʻi bilan qoplangan.
Rossiya hukumati ichki bozorda ijtimoiy muhim ahamiyatga ega boʻlgan mahsulotlar narxlarining keskin oshishi, defitsit paydo boʻlishining oldini olish uchun majmuali choralar koʻrmoqda.
Yangiliklar lentasi
0