Kolumnistlar

Rossiyada oʻzbek kiyimlarining onlayn savdosi 90 %ga oshdi

© pixabay.com/pexelsVeshalki odejda poxod po magazinam
Veshalki odejda poxod po magazinam - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xomashyo sifati va narx siyosati tufayli Rossiya bozorida Oʻzbekiston mahsulotlariga talab oshmoqda.
TOSHKENT, 11 mar - Sputnik. Rossiyada Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan kiyimlarga talab oshdi. 2021-yilda oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlarini onlayn sotish 2020-yilga nisbatan 90 foizga oshgan. Bundan tashqari, rossiyaliklar Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan toʻqimachilik mahsulotlaridan koʻpincha bolalar kiyimlarini xarid qiladi.
Rossiyaning Wildberries onlayn-riteyleri Sputnik agentligiga statistik maʼlumotlarni taqdim etdi.
“Eng jadal surʼatda bolalar ichki kiyimiga talab oʻsdi, donalab sotish boʻyicha oʻsish 680%ni tashkil etdi, — deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida. Shuningdek, sport vodolazkasi (638%), bolalar koʻylagi (633%), hammom xalati (601%), bolalar koftalari (593%) savdosi ham oʻsgan”.
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan sport kiyimlari ham rossiyalik xaridorlar orasida mashhur – xabarga koʻra, 2021-yilda sport kiiymlari savdosi 2020-yilga nisbatan 427%ga oshgan.
“Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchilari mahsulotlari xomashyo sifati va jozibador narxi tufayli rossiyalik xaridorlar orasida yuqori talabga ega”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning fevral oyidan WildberriesOʻzbekiston boʻylab buyurtmalar yetkazib berishni boshlagan edi: respublikadagi birinchi qabul qilish punkti Toshkentda ochilgan. Oʻzbekiston bozoriga chiqish borasidagi rejalarini esa kompaniya 2020-yilda eʼlon qilgan edi. Kompaniya matbuot xizmati xabar qilganidek, Oʻzbekistonda onlayn-doʻkonning ishga tushirilishi mahalliy tadbirkorlarga oʻz mahsulotlarini Rossiya va mazkur onlayn-riteyler vakilligi boʻlgan boshqa mamlakatlarda sotish imkonini beradi.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Rossiya Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlarining asosiy xaridori hisoblanadi. Birgina joriy yilning yanvar oyida Rossiya kompaniyalari respublikadan 39,4 million dollarga toʻqimachilik mahsulotlari xarid qilgan.
Shu bilan birga, yanvar oyida oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlarining 26 davlatga eksportining umumiy hajmi 72,3 million dollarni tashkil etgan, yaʼni hajmning 54,5%i rossiyalikisteʼmolchilarga toʻgʻri keladi.
3-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan tarmoqlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda yil boshidan buyon toʻqimachilik mahsulotlari eksporti 1,3 barobar oshgani maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratmoqda – oʻtgan yili hukumat tomonidan toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga qariyb 1,1 milliard dollar yaʼni respublikadagi asosiy kapitalga kiritilgan umumiy investitsiyalar hajmining 5,2 foizi yoʻnaltirilgan.
2021-yilda mamlakat boʻyicha 5342 ta korxona toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqargan. Korxonalarning aksariyati Toshkent shahrida joylashgan –ularning soni 828tani tashqil qiladi. Fargʻona viloyati ham toʻqimachilik mahsulotlari boʻyicha faol – 817 korxona. Andijon viloyati 578 ta korxona bilan toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha yetakchilikda uchinchi oʻrinda turibdi.
Yangiliklar lentasi
0