Iqtisod

Samarqandda yangi quyosh elektr stantsiyasi ishga tushadi

© MinenergoV Samarkande zapustyat novuyu FES
V Samarkande zapustyat novuyu FES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Samarqandda aprel oyiga qadar umumiy quvvati 100 megavatt boʻlgan yangi FES ishga tushadi. U 80 mingdan ortiq xonadonni elektr energiya bilan taʼminlaydi.
TOSHKENT, 11 mar - Sputnik. Samarqand viloyatining Nurobod tumanida aprel oyiga qadar umumiy quvvati 100 megavattga teng boʻlgan quyosh fotoelektr stantsiyasi ishga tushiriladi, deb xabar qilmoqda Energetika vazirligi.
Ushbu stantsiyaning yer maydoni 353 gektarga teng. Quyosh panellarining umumiy soni esa 295 mingdan ortiq. Ayni kunlarda panellarni oʻrnatish jarayonlari davom etmoqda.
Elektr stantsiya ishga tushgach nimalar oʻzgaradi:
Birinchidan, yiliga 260 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida 80 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.
Ikkinchidan, yiliga 78 million kub metr tabiiy gaz tejalab qolinadi. Bu esa respublikadagi mavjud barcha aholi xonadonlarini bir kun davomida tabiiy gaz bilan taʼminlash imkonini beradi.
Uchinchidan, atmosferaga 100 ming tonna zararli chiqindilar chiqishining oldi olinadi.
Toʻrtinchidan, stantsiyada yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Qurilish ishlariga 400 nafar ishchi-xodim jalb etilgan boʻlsa, stantsiya ishga tushgach ularning soni yana 25 nafarga koʻpayadi.
Stantsiya davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida Frantsiyaning “Total Eren” kompaniyasi tomonidan qurilmoqda. Loyiha qiymati 100 million dollarni tashkil etadi.
© MinenergoV Samarkande zapustyat novuyu FES
V Samarkande zapustyat novuyu FES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2022
V Samarkande zapustyat novuyu FES
Maʼlumot oʻrnida, aynan ushbu quvvatdagi birinchi quyosh fotoelektr stantsiyasi oʻtgan yilning avgust oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida ishga tushirilgan edi.
2023 yil yakuniga qadar Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida quvvati 220 megavatt boʻlgan viloyatdagi ikkinchi yirik quyosh fotoelektr stantsiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Stantsiya Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan quriladi.
Yangiliklar lentasi
0