https://oz.sputniknews-uz.com/20220311/xorijdagi-malakali-ozbek-yoshlari-yuqori-lavozimlarga-tayinlanadi-23275056.html
Xorijdagi malakali oʻzbek yoshlari yuqori lavozimlarga tayinlanadi
Xorijdagi malakali oʻzbek yoshlari yuqori lavozimlarga tayinlanadi
Xorijdagi nufuzli OTMda oʻqiyotgan, yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan oʻzbekistonlik yoshlar mamlakatning vazirlik, idora va tashkilotlarida ishlashlari mumkin. 11.03.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-03-11T19:18+0500
2022-03-11T19:18+0500
2022-03-11T19:18+0500
jamiyat
oʻzbekiston
yoshlar
xorij davlatlar
prezident
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0a/14/20986272_0:66:1281:786_1920x0_80_0_0_d293d9a31fee5407860299e76a783198.jpg
TOSHKENT, 11 mar - Sputnik. Endilikda xorijdagi oʻzbekistonlik yoshlar oʻz yurtidagi vazirlik va idoralarga ishga jalb qilinadi. Bu boʻyicha 101-sonli hukumat qarori qabul qilindi.2022 yil iyundan xorijdagi nufuzli OTMda oʻqiyotgan, yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan oʻzbekistonlik yoshlar mamlakatning vazirlik, idora va tashkilotlarida ishlashlari mumkin boʻladi.Oʻzbekiston yosh mutahassislarni xizmat turar joylari bilan taʼminlaydi. Ular kamida 2 yil ishlasa, uy-joy uchun ipoteka kreditining dastlabki badali va foizlarning bir qismini qoplashga subsidiya beriladi.2022 yil 1 iyungacha “Yosh vatandoshlar reyestri” elektron tizimi ishga tushiriladi. Ushbu tizim xorijdagi vatandosh olimlar, ekspertlar va tadqiqotchilar ochiq roʻyxatdan oʻtadigan platformaga integratsiya qilinadi.Har yili 1 martgacha davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi malakali yosh mutaxassislar va yosh vatandoshlarni kelgusida yuqori lavozimga tayinlash boʻyicha asoslangan takliflarni Yoshlar ishlari agentligiga beradi.Agentlik esa 1 aprelgacha takliflarni oʻrganib Prezident Administratsiyasiga tavsiya kiritadi.Maʼlumot oʻrnida, oʻtgan yili xorijda yashayotgan yurtdoshlarni tarixiy Vatani atrofida jipslashtirish, ularning qalbi va ongida yurt bilan faxrlanish tuygʻusini yuksaltirish maqsadida "Vatandoshlar" jamoat fondi tashkil etilgan edi.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0a/14/20986272_72:0:1207:851_1920x0_80_0_0_e5fc189842ab07f2f2d7299662516b8d.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston, yoshlar, xorij davlatlar, prezident
Xorijdagi malakali oʻzbek yoshlari yuqori lavozimlarga tayinlanadi
Xorijdagi nufuzli OTMda oʻqiyotgan, yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan oʻzbekistonlik yoshlar mamlakatning vazirlik, idora va tashkilotlarida ishlashlari mumkin.
TOSHKENT, 11 mar - Sputnik. Endilikda xorijdagi oʻzbekistonlik yoshlar oʻz yurtidagi vazirlik va idoralarga ishga jalb qilinadi. Bu boʻyicha 101-sonli hukumat qarori qabul qilindi.
2022 yil iyundan xorijdagi nufuzli OTMda oʻqiyotgan, yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan oʻzbekistonlik yoshlar mamlakatning vazirlik, idora va tashkilotlarida ishlashlari mumkin boʻladi.
Oʻzbekiston yosh mutahassislarni xizmat turar joylari bilan taʼminlaydi. Ular kamida 2 yil ishlasa, uy-joy uchun ipoteka kreditining dastlabki badali va foizlarning bir qismini qoplashga subsidiya beriladi.
2022 yil 1 iyungacha “Yosh vatandoshlar reyestri” elektron tizimi ishga tushiriladi. Ushbu tizim xorijdagi vatandosh olimlar, ekspertlar va tadqiqotchilar ochiq roʻyxatdan oʻtadigan platformaga integratsiya qilinadi.
Har yili 1 martgacha davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi malakali yosh mutaxassislar va yosh vatandoshlarni kelgusida yuqori lavozimga tayinlash boʻyicha asoslangan takliflarni Yoshlar ishlari agentligiga beradi.
Agentlik esa 1 aprelgacha takliflarni oʻrganib Prezident Administratsiyasiga tavsiya kiritadi.
Maʼlumot oʻrnida, oʻtgan yili xorijda yashayotgan yurtdoshlarni tarixiy Vatani atrofida jipslashtirish, ularning qalbi va ongida yurt bilan faxrlanish tuygʻusini yuksaltirish maqsadida "Vatandoshlar" jamoat
fondi tashkil etilgan edi.