Jamiyat

Bugun Oʻzbekistonda yomgʻirli ob-havo davom etadi

© REUTERS / Wolfgang RattayAvtomobil yedet po doroge, postradavshey ot navodneniya, Germaniya
Avtomobil yedet po doroge, postradavshey ot navodneniya, Germaniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bugun Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida yomgʻir yogʻishi va hvo harorati 14-14 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 12 mar - Sputnik. Bugun Oʻzbekistonda yomgʻirli havo davom etadi, deb xabar qilmoqda Oʻzgidromet.
Oʻzbekiston hududiga Erondan iliq va nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, momaqaldiroq paytida shamolning kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Havo harorati 14-19° iliq atrofida boʻladi.
Toshkentda yomgʻir yogʻadi, vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17° iliq boʻladi.
Togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir baʼzi joylarjda qor yogʻishi mumkin. Momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Baʼzi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 5-10° iliq boʻladi.
Togʻli hududlarda SEL KELISH xavfi saqlanib qoladi.
Yangiliklar lentasi
0