Turkiya AQSh sanksiyalarida ishtirok etishni istamaydi

© REUTERS/Murad SezerVzriv v Stambule
Vzriv v Stambule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2022
Obuna bo‘lish
Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmasligini va yaxshi savdo aloqalarini saqlab qolishni istaydi.
TOShKENT, 12 mar – Sputnik. Turkiya AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalar tarafida bo‘lishni istamaydi, dedi Turkiya Energetika vaziri Fatix Donmez.
"Bizning prezident (Toyyib Erdo‘g‘on) ham buni aytib o‘tdi. Biz Rossiyaga qarshi sanksiyalar tarafida bo‘lishni istamaymiz. Bizning savdo munosabatlarimiz yaxshi. Biz masalani diplomatik yo‘l bilan hal qilish tarafdorimiz", - deb Donmezning so‘zlarini keltiradi CNN Turk.
Turkiya energetika vaziri, shuningdek, Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar Rossiyaning Turkiyaga yetkazib berayotgan gaziga ta’sir ko‘rsatmasligiga umid bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 22-fevralda DXR va LXRni tan olganidan so‘ng AQSh va G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi keskin iqtisodiy cheklovlar joriy eta boshladi. Ukraina hududi maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng esa AQSh va YeI Rossiyaga qarshi maksimal darajada sanksiyalar joriy etdi. Xitoy, Hindiston, Suriya, va yana bir necha davlatlar sanksiyalarda ishtirok etmadi va ularni qoralab chiqdi.
Yangiliklar lentasi
0