Video

Ukrainalik bloger haqoratli soʻzlari uchun uzr soʻradi - video

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oson yoʻl bilan shuhrat qozonmoqchi boʻlgan bloger uzr soʻraganidan soʻng uyiga javob berib yuborildi.
TOSHKENT, 12 mar - Sputnik. Ukrainalik bloger Rossiya harbiylari haqida aytgan haqoratli soʻzlari uchun uzr soʻradi.
"Rossiya Qurolli kuchlari, Huquqni saqlash organlari xodimlari va ularning oila aʼzolari oldida uzr soʻramoqchiman.
Oldinroq, 24 fevraldan 25 fevralga oʻtar kechasi, oʻz instagramimda video joylashtirgan edim. Unda Rossiya askarlari haqida yomon soʻzlarni aytgan edim. Men ushbu soʻzlarni aytgan vaqtimda qattiq mast edim. Hozir buning uchun chin dildan pushaymon qilmoqdaman.
Men buning uchun uzr soʻrayman. Men nohaq boʻlganimni tan olaman va kelajakdan bunday qilmaslikka vaʼda beraman. Uzrimni qabul qilishingizni soʻrayman", - degan bloger.
Oson yoʻl bilan shuhrat qozonmoqchi boʻlgan blogerga uzr soʻraganidan soʻng uyiga javob berib yuborildi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiyada bir necha kun oldin Rossiya Qurolli kuchlari, hukumathaqida notoʻgʻri maʼlumot tarqatgan, davlat rahbarlarini haqorat qilgan OAV, bloger yoki jismoniy shaxsga nisbatan jarima yoki qamoq jazosini belgilovchi qonun qabul qilingan edi. Eng ogʻir holatlarda 15 yilgacha qamoq jazosi belgilangan.
Ajablanarlisi shundaki, ushbu qonun qabul qilinganidan soʻng, oʻndan ortiq Gʻarb OAVlari Rossiyani tark etdi. Vaholanki, qonunda toʻgʻri, haqiqatga mos xabar tarqatgan OAV uchun hech qanday jazo belgilanmagan.
Yaʼni "fake" xabar uchun jazo kuchaytirilganidan soʻng Rossiyani tark etgan OAVlar quyidagilar: CNN, ABC, BBC, DeutcheWelle, CBC News, RAI, ARD, ZDF.
Yangiliklar lentasi
0