Sport

Erondagi musobaqada Oʻzbekiston taekvondochilari 3ta medal qoʻlga kirishdi

© tkd-newsSorevnovaniya po taekvondo
Sorevnovaniya po taekvondo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonlik sportchilar Osiyo tayekvondo federatsiyasi prezidenti kubogida kecha 3ta medal qoʻlga kiritishdi.
Eron davlati poytaxti Tehron shahrida Osiyo taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi musobaqasi davom etmoqda.
Oʻzbekistonlik sportchilar Osiyo tayekvondo federatsiyasi prezidenti kubogida kecha 3ta medal qoʻlga kiritishdi, deb xabar qildi Sportni rivojlantirish vazirligi.
- 63 kg vazn toifasida Niyaz Poʻlatov finalgacha yetib bordi. Biroq hal qiluvchi bahsda Niyaz eronlik Zaid Alxalvaniga imkoniyatni boy berdi va kumush medalga sazovor boʻldi.
-74 kg vazn toifasidagi Jasur Jaysunov yarim finalda eronlik Mirxashem Hussayniga yutqazib qoʻydi va bronza medali bilan cheklandi.
-87 kg vazn toifasida Nikita Rafalovich yarim finalda ozarbayjonlik Talex Sulaymanovga imkoniyatni boy berdi va u ham bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Bundan tashqari -54 kg vazn toifasida Omonjon Otajonov va Jahongir Xudoyberdiyevlar chorak finalga qadar yetib borishdi.
Yangiliklar lentasi
0